Ayrim joylarda mobil internet tezligi nega pasayganiga izoh berildi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishStart prodaj v Rossii flagmanskix smartfonov Huawei
Start prodaj v Rossii flagmanskix smartfonov Huawei - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda aholi, ayniqsa talabalar uylarida o‘tirgani aholi yashash mavzelarida va qishloq hududlarida tarmoqqa yuklamaning keskin ortishiga olib kelmoqda.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ayrim joylarda mobil internet tezligi nega pasayganiga izoh berdi.

“Hozirgi kunda aholi, ayniqsa talabalar uylarida o‘tirgani aholi yashash mavzelarida va qishloq hududlarida tarmoqqa yuklamaning keskin ortishiga olib kelmoqda. Natijada, ayrim joylarda mobil internet tezligi kamayishi kuzatilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu holatda tarmoqlardagi yuklamalar doimiy nazoratga olinib, tarmoqning ishonchli ishlashini ta’minlash uchun zarur texnik va tashkiliy choralar ko‘rilmoqda.

IT-sistema - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida bir necha pog‘ona yuqoriladi

Vazirlik xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha 237 ta obyektda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya qilingan. Natijada magistral telekommunikatsiya tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 200 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 40 Gbit/s.ga yetkazilgan.

Qishloq hududlarida mobil aloqa baza stansiyalarning texnik imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish maqsadida elektromagnit nurlanish normalari qayta ko‘rib chiqildi va baza stansiyalar quvvatlari oshirilgan.

2019 yil davomida telekommunikatsiya tarmoqlari qamrovi umuman mavjud bo‘lmagan aholi yashash maskanlari soni deyarli ikki barobarga kamaytirilgan.

Yangiliklar lentasi
0