Dunyoda

Koronavirusning birinchi muhim mutatsiyasi aniqlandi

© AP PhotoNovыy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestnыy kak 2019-nCoV
Novыy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestnыy kak 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Tayvanlik va avstraliyalik olimlar yangi SARS-CoV-2 koronavirusining birinchi muhim mutatsiyasini aniqlagani haqida xabar berdi,

TOSHKENT, 20 apr - Sputnik. Tayvanlik va avstraliyalik olimlar yangi SARS-CoV-2 koronavirusining birinchi muhim mutatsiyasini aniqlanganligi haqida xabar berdi, tadqiqotlarning dastlabki natijalarni bioRxiv preprintlar saytida chop etildi.

Izobrajeniye novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestnыy kak 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Frantsiyalik olimlar "Tojdor virus" qanday haroratda nobud boʻlishini aniqladi

Mutaxassislar dunyo boʻylab yuqumli kasalliklar haqida genom maʼlumotlarini toʻplaydigan maʼlumotlar bazasidan COVID-19 qoʻzgʻatuvchisining 106 namunasining genetik tuzilishini oʻrganishdi. Maʼlumotlar AQShdan 54 ta, Xitoydan 35 ta, Ispaniyadan 3 ta, Braziliyadan 2ta va Avstraliya, Finlyandiya, Hindiston, Italiya, Nepal, Janubiy Koreya va Shvetsiyadan bittadan yozuvlarni qamragan.

Mutatsiya 27 yanvar kuni Hindistondagi bemordan olingan namunada aniqlangan. Mutatsiya patogenning ACE2 deb nomlangan inson hujayralarida retseptorlarga bogʻlanish qobiliyatini kamaytirdi, yaʼni odamlar uchun xavfi pasaydi.

Shuningdek, olimlar 2002-2003 yillarda SARS deb nomlanuvchi ogʻir oʻtkir respirator sindromning avj olishiga sabab boʻlgan SARS koronavirus genomining 39 ketma-ketligi bilan yangi koronavirus haqidagi maʼlumotni taqqoslashdi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, SARS-CoV-2 virusi genomlari SARS virusiga qaraganda ancha barqaror va mutatsiyalarga kamroq sezgir. Bundan tashqari, OʻRVIni keltirib chiqaradigan viruslarga qaraganda ancha barqaror.

Mualliflarning soʻzlariga koʻra, bu COVID-19 vaktsinasi samarali boʻlishiga umid beradi, garchi agar yangi koronavirusning mutatsiyalanishi davom etsa, bu vaktsina boʻyicha ishlarni sezilarli darajada murakkablashtirishi mumkin.

"Nisbatan barqaror SARS-CoV-2 genomi epidemiyaga qarshi kurashish uchun yaxshi koʻrsatkichdir, chunki oz sonli mutatsiyalar vaktsinalar va viruslarga qarshi dorilarning jadal rivojlanishiga umid beradi", - deb yozadi olimlar.

Planeta Zemlya. Vid iz kosmosa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qaysi davlatlarda “tojdor dushman” yoʻq – toʻliq roʻyxat

Aniqlanishicha, aniqlangan mutatsiyaning havfi kamroqdir va virusning oqsil boshogʻini kodlaydigan va uni sogʻlom hujayralarga biriktirishga imkon beradigan genlar bir xil boʻlib qoldi. Va aynan, shu oqsillar koʻplab ishlab chiqilayotgan vaktsinalar uchun potentsial nishondir.

Koronavirus SARS- CoV-2 RNK viruslari deb ataladigan guruhga kiradi, ular tarqalish davridagi yuqori mutatsion koʻrsatkichlari bilan ajralib turadi. Bu, olimlarning fikriga koʻra, vaktsinani ishlab chiqishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Misol sifatida ular deyarli har yili yangi mutatsiya koʻrinishida paydo boʻladigan mavsumiy grippni keltiradilar, bunga qarshi oʻtgan yili qilingan emlashlar ishlamaydi.

"Virus dunyo boʻylab tez tarqalib tobora koʻproq genom maʼlumotlari toʻplanib borar ekan, SARS-CoV-2 evolyutsiyasi va mutatsiyasini diqqat bilan kuzatib borish kerak, - deydi mualliflar. - Biz SARS-CoV-2 mutatsion chastotasi nisbatan past ekanligini tasdiqladik, biroq shuningdek, yangi mutatsiya boshqa immun xususiyatlari va virulentligi bilan paydo boʻlganligini isbotladik".

Ammo hozircha natijalar juda umid beradi, deya tinchlantiradi olimlar. Yangi koronavirusning genomi juda barqaror koʻrinadi, shu vaqtgacha topilgan yagona muhim mutatsiya asl virusga qaraganda xavfi kamroqdir va virus hujayraga yopishgan s-oqsili boshogʻi unda oʻzgarishsiz qoldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala