OAV IShID* yangi rahbarining joyini xabar qildi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Mosul
Goroda mira. Mosul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iroqning al-Sumaria telekanali “Islom davlati”* terrorchilik tashkilotining yangi rahbari qayerda ekanini xabar qildi.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. “Islom davlati”* terrorchilik tashkilotining rahbari Abu Ibrohim al-Qurayshi hozirda Iroq hududida bo‘lib turibdi. Bu haqda Iroqning al-Sumaria telekanali mamlakat xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Boyes IGIL - Sputnik O‘zbekiston
IShID o‘z jangarilarini Afg‘onistonga olib borishga harakat qilmoqda – Eron vitse-prezidenti

Ma’lum qilinishicha, Iroq va Amerika mutaxassislari uni identifikatsiya qilish bo‘yicha ish olib borishmoqda.

“Al-Qurayshi Iroqda ekani to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotlar bor. Faqat ID* rahbarining tor doirasi u qanday ko‘rinishga ekanligini biladi”, - deya xabardan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, IShID* yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘ldirilganini rasman tasdiqlangan edi. Abu Ibrohim al-Qurayshi IShIDning yangi rahbari bo‘lgani xabar qilingan edi.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0