TOSHKENT, 21 apr - Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatning 31 viloyatida 4 kunlik qoʻmondonlik soati eʼlon qildi, deb xabar qilmoqda Izvestiya nashri.
Xabarda aytilishiga koʻra qoʻmondonlik soati 23 aprel kuni boshlanib 26 aprel oqshomida tugaydi.
"Ushbu tadbirning maqsadi - bayram kunlarida kasallik keskin tarqalishini oldini olish boʻlib, uning natijasida bayramdan soʻng Ramazon oyini xotirjam boshlash umidadmiz", - dedi Erdoʻgʻon.
Eslatib oʻtamiz, Turkiyada 23 aprel kuni - Mustaqillik kuni milliy bayrami nishonlanadi. Shuningdek 24 apreldan musulmon dunyosida Ramazon oyi boshlanadi.
Maʼlumot uchun, bugungi kun holatiga Turkiya COVID-19 bilan kasallanganlar soni boʻyicha dunyoda eng yuqori oʻrinlardan birida ketmoqda. Mamlakatda zararlanganlar soni 90 mingdan oshgan, vafot etganlar 123 kishini tashkil qilmoqda.