Go‘zal “Tangem” O‘zbekistonga yangi serialni sovg‘a qildi

© AP Photo/Kin CheungPosol turisticheskogo brenda Uzbekistana v Respublike Koreya aktrisa Li Yon E
Posol turisticheskogo brenda Uzbekistana v Respublike Koreya aktrisa Li Yon E - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi turistik brend elchisi, mashhur “Saroy javohiri” teleserialidagi Tangem roli ijrochisi Li Yon E o‘zi ishtirokidagi yangi serialni O‘zbekistonga hadya qildi.

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi turistik brend elchisi, mashhur “Saroy javohiri” teleserialidagi Tangem roli ijrochisi Li Yon E o‘zi ishtirokidagi yangi serialni O‘zbekistonga hadya qildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Vitse-premyer Aziz Abduxakimov rasskazal o pavilone Uzbekistan na VDNX - Sputnik O‘zbekiston
Turizm istiqbollari: Aziz Abduhakimov onlayn turizm va masofaviy sport haqida

“Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning ma’lum qilishicha, mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasida O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi turistik brend elchisi, taniqli aktrisa Li Yon E hamda “GroupEight” kompaniyasi raisi Byong Jun Song bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.  Uchrashuvda aktrisa butun dunyodagi koronavirus bilan bog‘liq pandemiya sabab aprel oyida O‘zbekistonga kela olmasligini afsus bilan qayd etib, COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat normallashganidan so‘ng produser Byong Jun Song bilan albatta mamlakatimizga tashrif buyurishini ma’lum qilgan. Aktrisa O‘zbekistonning boy madaniy merosi va diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishishni maqsad qilgani, shuningdek mamlakatimiz turistik brendini targ‘ib qilishda davom etishini alohida ta’kidlagan,” – deyilgan xabarda.

Uchrashuv davomida Li Yon E O‘zbekiston xalqiga o‘zi bosh rolni ijro etgan “Saimdan, rang-barang xotiralar” nomli teleserialini beminnat asosda hadya qilgan. Aktrisa ushbu serial ayni damda aksariyat vaqtini uyda o‘tkazayotgan O‘zbekiston aholisiga vaqtni mazmunli o‘tkazishiga yordam beradi deya umid bildirgan.  

“Davlat rahbari tashabbusi bilan xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning turizm elchisi lavozimiga chet ellik mashhur siyosiy, madaniy, sport va ishbilarmon doiralari vakillari tayinlanib kelinmoqda. Bunday shaxslarning turizm targ‘ibotiga jalb qilinishi yurtimizga keladigan xorijiy sayyohlar oqimini oshirish yo‘lida xizmat qiladi. Xorijiy mamlakatlardagi turistik brend elchilarining hozirgi pandemiya sharoitida O‘zbekiston va uning xalqiga bunday e’tiborni namoyon etishi, albatta, tahsinga sazovordir”, - deydi Aziz Abduhakimov.

Televizionniy pult - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi “Turizm 365” telekanalini tashkil etish taklif qilindi

Hozirda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgarlikda filmni tarjima va dublyaj qilishga doir ishlar olib borilmoqda, ushbu jarayonlar o‘z yakuniga yetganidan so‘ng serial tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.  

“Saimdan, rang-barang xotiralar”  Janubiy Koreyaning 30 seriyali dramasi bo‘lib, koreyalik mashhur musavvir, xattot va shoira Shin Saimdan (1504-1551) hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Koreya Respublikasining 50 000 von nominalli eng yirik banknotasida uning tasviri aks ettirilgan.

Serial 2017-yilda Janubiy Koreyaning “SBS” telekanalida efirga uzatilgan. Shundan so‘ng Xitoy, Yaponiya, Singapur, Malayziya, Tailand va boshqa mamlakatlar telekompaniyalari uni (o‘rtacha 3 mln dollar evaziga) translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan. 

Yangiliklar lentasi
0