Jamiyat

Kasalxonalar Yaponiya mablagʻi evaziga sunʼiy nafas oldirish qurilmalari bilan jihozlanadi

© Sputnik / Kirill Shipitsin / Fotobankka oʻtishSimulyatsionnыy tsentr Irkutskoy oblastnoy klinicheskoy bolnitsы
Simulyatsionnыy tsentr Irkutskoy oblastnoy klinicheskoy bolnitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Pandemiyaning iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish doirasida Yaponiya hukumatining Oʻzbekistonga moliyaviy qoʻllab-quvvatlash istiqbollari uchun qoʻshimcha mablagʻlarini jalb qilish masalalari alohida muhokama qilindi.

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Yaponiya moliya vaziri Taro Aso ishtirokida videokonferentsiya oʻtkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurash va pandemiyaning iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish doirasida Yaponiya hukumatining Oʻzbekistonga moliyaviy qoʻllab-quvvatlash istiqbollari, shuningdek, qoʻshma investitsiya loyihalar doirasidagi keyingi qadamlarni amalga oshirish uchun Yaponiya moliya institutlarining qoʻshimcha mablagʻlarini jalb qilish masalalari alohida muhokama qilindi.

V Uzbekistane nachnut proizvodit apparatы iskusstvennoy ventilyatsii legkix - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda oʻpkaning sunʼiy ventilyatsiyasi apparatlari ishlab chiqariladi

Yaponiya hukumatiga test-tizimlari va virusga qarshi vositalar shaklida ilgari koʻrsatilgan gumanitar yordami uchun minnatdorchilik bildirildi.

“Bundan tashqari, Oʻzbekistondagi tibbiyot muassasalarini zaruriy asbob-uskunalar – oʻpkani sunʼiy shamollatish moslamalari (OʻSSH) va polimeraza zanjiri reaktsiyasi (PZR) bilan jihozlash maqsadida yaqin kunlarda Yaponiya hukumatining grant mablagʻlarini jalb qilish istiqbollari ishlab chiqiladi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Sogʻliqni saqlash vazirligiga birlamchi va tibbiy yordam loyihalari doirasida Osiyo taraqqiyot banki hamda Jahon bankining 30 million dollar mablagʻi evaziga oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qiluvchi 2 ming 300 ta apparat va boshqa uskunalar sotib olish haqida topshiriq bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala