"Kembrij beshligi" SSSRning yadro qalqonini yaratishiga qanday yordam berdi

© AP PhotoKim Filbi
Kim Filbi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kolumnist Veronika Krasheninnikova SSSR AQShning yadroviy qurol bo‘yicha monopoliyasini barbod qilgani haqida so‘zlab berdi.

G‘arb tomonidan yangi xavfli qurol ishlab chiqarilishi to‘g‘risida birinchi xabarlar Sovet rahbariyatiga eng qiyin paytda - 1941-yil sentabr oyining oxirida, Gitler qo‘shinlari Moskva tomon harakatlanayotganlarida keldi.

Kurskaya duga. Ataka soyedineniy 5 Gvardeyskoy tankovoy armii v rayone Proxorovki - Sputnik O‘zbekiston
"Kembrij beshligi" Proxorovkada nemis tanklarini yo‘q qilishda qanday yordam bergan

Bu ma’lumot Moskvaga Kembrij beshligi a’zosi Djon Kernkrossdan keldi.

Shotlandiyalik do‘kondorning o‘g‘li Djon o‘zining ajoyib aqli va mehnatkashligi tufayli nufuzli Kembridjga o‘qishga kirdi.

1933-1934 o‘quv yilini Parijning Sorbonnasida o‘tkazdi va kommunist talabalar bilan do‘stlashdi. 1934-yil oktabr oyida Kernkross Kembrij Triniti kolledjiga aspiranturaga o‘qishga kirdi, u yerda uning fransuz adabiyoti bo‘yicha ilmiy rahbari Kembrij beshligi a’zosi bo‘lgan Entoni Blant bo‘ldi va 1937-yilda uni guruhga qo‘shdi. Jonning dissertatsiyasi Molyer ijodiga bag‘ishlangan edi - u sovet razvedkasidan huddi shunday taxallusni oldi.

Kernkross Forin-ofisga, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga ishga kirdi, keyin Moliya vazirligi va ta’minot vazirligiga va 1940-yilning yozida taniqli siyosatchi lord Xenkining shaxsiy kotibi bo‘ldi. Morris Xenki imperator mudofaa qo‘mitasi kotibi va vazirlar mahkamasi kotibi lavozimidan bosh vazir Uinston Cherchill bosh vazirligi paytida bosh g‘aznachiga qadar ishlagan. Uning qo‘li orqali mudofaa va xavfsizlikka oid hujjatlar, maxsus xizmatlarning muntazam hisobotlari, iqtisodiyotning holati va rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi mahfiy hisobotlar, shuningdek, harbiy-sanoat kompleksi ilmiy-tadqiqot institutlarining ma’lumotlari o‘tardi. Ikki mehnatkash topishishib ishlashdi.

Shu paytning o‘zida, 1940-yil oxirida Moskvada NKVD ilmiy-texnik razvedkasining boshlig‘i Leonid Kvasnikov (keyinchalik Rossiya Qahramoni, vafotidan keyin) bir qator xorijiy rezidensiyalarga ushbu mamlakatlarda atom qurollarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot to‘plash to‘g‘risida ko‘rsatma yubordi. Birinchi bo‘lib Londondagi rezidentura javob yo‘lladi.

Voyennoslujashie VS SShA - Sputnik O‘zbekiston
Amerika "urush ma’budi" o‘z kuchiga ishongani tufayli zaiflashdi

1941 yil sentabr oyining 20-chi kunlarida Jon Keynkross Bosh vazir Cherchillga topshirilishi kerak bo‘lgan amerikaliklar bilan hamkorlikda yadro qurolini yaratish rejalari to‘g‘risida hisobotning to‘liq matnini qo‘lga kiritdi. Unda aytilishicha, bunga oldindan taxmin qilinganidek, o‘nlab yillar emas, balki atigi ikki yil vaqt kerak bo‘ladi. 1940-yilning qishidan boshlab ingliz va amerikalik olimlar birgalikda loyiha ustida ish olib borishgani, yutuqlar va kamchiliklarni baham ko‘rishgani muvaffaqiyatli natijaga erishish yo‘lini qisqartirilishini tezlashtirilishi mumkin bo‘ldi.

Britaniyada loyiha "Tyub Elloyz" (Tube Alloys Project, "Truba qotishmalari") deb nomlandi, AQShda esa avval 1939-yildan 1942-yilgacha "Uran qo‘mitasi" va, shuningdek, "S-1 qo‘mitasi" va 1942-yil 13-avgustdan - "Manxetten loyihasi" (Manhattan Project) deb ataldi. Kernkross tomonidan olingan hisobotda taxminiy atom bomba tuzilishi va Yevropadagi harbiy vaziyat tufayli qimmat tadqiqot va ehtimoliy ishlab chiqarish markazini AQShga ko‘chirish haqida xabar berilgan.

Tez orada Angliya-Amerika hamkorligi superqo‘rol uchun boshlang‘ich materialni aniqladi: boyitilgan uran. Va 1942-yilda Djon Kernkross ishlanmalarga Kanada ham qo‘shilganligi xabarini berdi.

Kernkrossning ma’lumotlari AQShdagi razvedka manbalari tomonidan ham tasdiqlangan. Fashistlar tomonidan bosib olingan davlatlardan olingan boshida tushunarsiz signallar ham buni tasdiqladi, hususan Norvegiyada uran qazib olish bo‘yicha maxfiy harakatlar allaqachon boshlangan.

V SShA ispitali raketu, zapreshennuyu DRSMD - Sputnik O‘zbekiston
Sovuq urush ostonasida: AQSh DRSMD bilan ta’qiqlangan raketani sinovdan o‘tkazdi

Urushning boshida juda uzoq kelajak masalasi sifatida ko‘rilgan atom bombasi aniq va bevosita xavf sifatida paydo bo‘ldi. Garchi o‘sha paytda front Uchinchi reyx an’anaviy shafqatsiz qurollarning zarbalari ostida jiringlayotgan bo‘lsa-da, atom loyihasini amalga oshirish uchun dastlabki qadamlar qo‘yildi.

1943 yilda Leonid Kvasnikovning o‘zi Nyu-Yorkga ilmiy va texnik razvedka bo‘yicha rezident o‘rinbosari sifatida yuborildi - bu lavozimda u Amerikaning yadro loyihasi to‘g‘risida ma’lumot to‘plashni boshqargan.

Ulug‘ Vatan urushi g‘alaba bilan tugashi bilanoq Sovet davlatining barcha sa’y-harakatlari zudlik bilan atom qurollarini yaratishni tezlashtirishga qaratildi. Va bu yerda sovet olimlariga bebaho yordam "beshlik"ning yana bir a’zosi - Donald Maklinning xabarlari bilan ta’minlandi.

1945 yil yozida Maklin Buyuk Britaniyaning Vashingtondagi elchixonasining birinchi kotibi va Qo‘shma Siyosat qo‘mitasi deb ataluvchi mahkama kotibiyatining direktori (Britaniya tomonidan) lavozimini egalladi. Aynan mana shu "Qo‘mita" orqali atom bombasini yaratishda ishtirok etgan Amerika va Britaniya tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish amalga oshirildi. Barcha siyosiy hujjatlar Donald Maklin qo‘lidan o‘tgan.

Ammo Buyuk Britaniya va AQSh singari an’anaviy ittifoqchilar orasida hambu sohadagi hamkorlik, yumshoqroq qilib aytganda, muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Vashington, kimga bo‘lsa ham, shu jumladan Britaniyaga ham, atom bo‘yicha ma’lumotni taqdim etishni ta’qiqlovchi "Maqmagon qonuni" deb ataluvchi qonunni qabul qilib, 1946-yilning yozida britaniyalik sherikni loyihadan shunchaki chiqarib yubordi. Bu kabi qaror Britaniyada ko‘pchilik tomonidan millatga haqorat sifatida qabul qilindi.

Djon Kernkross va Donald Maklin o‘z lavozimlarida siyosiy ma’lumotlarni to‘pladilar. Boshqa "biznikilar" ilmiy va texnik ma’lumotlarni to‘plash bilan shug‘ullanishgan. Moskva uchun eng muhim manbalardan biri Gitler hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Britaniyaga qochgan nemis olimi Klaus Fuks edi - 1944-yil avgustdan beri u Los-Alamosdagi Manxetten loyihasida inglizlar guruhida nazariy fizika bo‘limida ishlagan. 1950-yilda Fuksning Sovet Ittifoqi uchun faoliyati fosh etildi, u 14-yilga qamaldi. To‘qqiz yillik qamoqdan so‘ng, u Berlinga yashash uchun qo‘yib yuborildi va u yerda Fuks yuqori mukofotlarga sazovor bo‘ldi: GDRdagi eng yuqori Karl Marks ordeni va Sovet Xalqlari Do‘stligi ordeni.

P/k predsedatelya Rossiyskogo istoricheskogo obshestva S. Narishkina - Sputnik O‘zbekiston
Tashqi razvedka rahbari afsonaviy razvedkachilar ismini oshkor qildi

"Manxetten loyihasi"da Klaus Fuks bilan ishlagan avstriyalik fizik Viktor Vayskopf nemis olimi motivatsiyasini quyidagicha tushuntirdi: "U ich-ichidan kommunist bo‘lgan. U atom bombasi faqat nafaqat G‘arb dunyosiga tegishli bo‘lishi kerak deb hisoblagan. <…> Muvozanat bo‘lishi shart".

Va, shubhasiz, Amerikadagi sovet agentlarining eng taniqli juftligi – er-hotin Yulius va Etel Rozenberg. Ma’lumot to‘plash uchun Yulius kamida 18 kishidan iborat tarmoqni yaratdi, ularning aksariyati AQSh harbiy-sanoat kompleksidagi kompaniyalarning muhandislari. Fuks hibsga olingandan so‘ng, Amerika tergovi Rozenberglargacha yetib bordi. Ularga o‘lim hukmi o‘qildi. 1953-yilda prezident lavozimini egallagan Duayt Eyzenxauyer, fizik Albert Eynshteyndan tortib yozuvchi Tomas Mann va Papa Piy XII gacha bo‘lgan eng mashhur odamlarni birlashtirgan kuchli xalqaro kampaniyaga qaramay, ushbu hukmni qo‘llab-quvvatladi.

Sovet razvedkasi va sovet yadrochi-olimlarining akademik Igor Kurchatov boshchiligidagi qahramona mehnatlari natijasida, Sovet atom bombasining birinchi sinovi 1949-yil 29-avgustda Semipalatinsk poligonida bo‘lib o‘tdi.

Shu tariqa SSSR AQShning yadroviy qurolga bo‘lgan monopoliyasini buzdi. Yadro pariteti nafaqat mamlakatimizni, balki butun dunyoni qutqarib qoldi.

Bugungi kungacha qutqarishni davom ettirmoqda.

Oldingi maqolalarda "Kembrij beshligi" a’zolari kimligi, Uchinchi reyxning Sovet Ittifoqiga hujumiga tayyorgarlik ko‘rish va keyinchalik Gitler qo‘shinlarini yo‘q qilishda qanday yordam berganligi haqida so‘z yuritilgan. Keyingi maqolalarda Sovuq urush davridagi amaliyotlar va chet elda SSSR bilan ishlaganlarning motivatsiyasi haqida o‘qing. Muallif Kim Filbi hotirasi Fondi asoschilaridan biri, iste’fodagi polkovnik Mixail Bogdanov va razvedka tarixchisi Sergey Sayenkoga minnatdorchilik bildiradi. Ushbu turkum "Kim Filbi va Kembrij beshligi: qahramon-razvedkachilarning tarixiy xotirasini saqlash" (www.cambridge5.ru) ta’lim loyihasining bir qismidir. Loyihaning maqsadi keng jamoatchilikka o‘z hayotlarini fashizmga qarshi kurashga, adolatli tinchlik o‘rnatish uchun bag‘ishlagan taniqli Britaniyalik sovet razvedkachilarining jangovar faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berishdir.

Yangiliklar lentasi
0