Kolumnistlar

Koronavirus Yevropani siyosiy suverenitet uchun tovon toʻlashga majbur qiladi

© AFP 2023 / JOHN THYSJenщina u zdaniya Yevropeyskogo parlamenta v Bryussele
Jenщina u zdaniya Yevropeyskogo parlamenta v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yevropa Ittifoqining videosammiti boʻlib oʻtadi - uning qaygʻuli kelajagi soʻnggi uch yil davomida uning rahbari boʻlishligiga daʼvo qilgan kishi tomonidan tobora baland ovozda tilga olinmoqda.

Payshanba kuni Yevropa Ittifoqining videosammiti boʻlib oʻtadi - uning qaygʻuli kelajagi soʻnggi uch yil davomida uning rahbari boʻlishligiga daʼvo qilgan kishi tomonidan tobora baland ovozda tilga olinmoqda. Sammit arafasida Emmanuel Makron savolni koʻndalang qoʻydi - Yevropa Ittifoqi oʻzi uchun bir qarorga kelishi kerak: bu iqtisodiy loyihami yoki siyosiy loyiha. Agar siz birinchisi tanlansa, unda birlashgan Yevropa parchalanadi, deydi Frantsiya prezidenti.

Bolnitsa v Kommunarke primet patsiyentov s podozreniyem na koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Italiya Xitoydan koronavirusga qarshi kurashda yordam soʻradi

"Yevropa Ittifoqi siyosiy loyihami yoki atigi bozor loyihasimi degan qarorni qabul qilishimizga vaqt keldi. Oʻylaymanki, Yevropa Ittifoqi bu siyosiy loyiha ... Agar u siyosiy loyiha boʻlsa, unda inson omili ustuvor hisoblanadi va birdamlik tushunchasi ilgari suriladi ... iqtisodiyot uning ortidan qadam bosadi, va shuni ham unutmaylikki iqtisodiyot axloqiy fan. Biz Yevropa birdamlikni saqlab qolish uchun moliyaviy yordam koʻrsatishimiz va birdamlikni namoyish etishimiz kerak", - dedi Makron Financial Times gazetasiga bergan intervyusida. Yaʼni, boy mamlakatlar kambagʻal mamlakatlarga yordam berishlari kerak, shimoliy mamlakatlar esa janubdagilarga birdamlikni namoyish qilishi kerak, chunki janubdagilar koronavirus pandemiyasidan koʻproq jabr koʻrdilar:

"Baʼzilar qurbon boʻlayotgan yagona bozorni shakllantirib boʻlmaydi, yana "jabrni gunohkorlar koʻproq koʻrishi kerak" deyish tarixiy xato boʻlardi.

Situatsiya v Italii v svyazi s koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
“Alamni unutmaymiz”. Yevropa karantindan keyin hisob-kitobni amalga oshirishga tayyorlanmoqda

Yaʼni Germaniya Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ularning iqtisodiyoti hajmiga emas, balki ularning ehtiyojlariga muvofiq moliyaviy yordam koʻrsatadigan maxsus jamgʻarma yaratish gʻoyasiga qarshi turishni bas qilishi kerak. Buni koronavirusdan nafaqat qurbonlar soni, balki iqtisodiy jihatdan ham eng koʻp zarar koʻrgan Italiyadan boshlab, Yevropaning janubiy mamlakatlari ham talab qilmoqda. Agar Germaniya yordam berishdan bosh tortsa, nafaqat Yevro hududi xavf ostida qolishi mumkin. Yevropa Ittifoqi, siyosiy loyiha sifatida, hozirgi inqirozdan omon qolmasligi mumkin, " bu Yevropa gʻoyasining qulashiga olib kelishini aniq aytishimiz kerak".

Oʻz pozitsiyasini himoya qilayotib, Makron hatto Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyadan kompensatsiyani talab qilishda Frantsiyaning "ulkan, halokatli xatosi"ni ham esladi – ulkan reparatsiyalar nemislarni uysiz qoldirdi, Germaniyada "populistik reaktsiya"ga va uning halokatli oqibatlariga olib keldi. "Bu biz Ikkinchi Jahon urushi oxirida oʻzimizga ep koʻrmagan xato", dedi Makron Marshall rejasini, yaʼni Yevropa iqtisodiyotiga keng koʻlamli yordamni eslatib. Koʻmak tashqi va mutlaqo begʻaraz boʻlmaganligi – tomon sifatida Yevropaning atlantistlarga boʻysundirilishini - Makron esga olmadi. Uni koʻproq kelajak qiziqtiradi - bu kelajakda birlashgan Yevropa boʻlmasligi mumkin:

"Agar biz bugun buni amalga oshirmasak, sizga shuni aytsam, populistlar gʻalaba qozonishadi - bugun, ertaga, indinga, Italiyada, Ispaniyada, ehtimol Frantsiyada va boshqa joylarda ham... Bu ravshan, chunki odamlar shunday deyishadi: "siz qanday hayotni taklif qilyapsiz? Bu odamlar sizni inqiroz paytida ham, uning oqibatlaridan ham himoya qila olmaydi. Ular siz bilan hech qanday birdamlikni his qilmaydilar ... qiyinchiliklarni baham koʻrishga kelganda ular yagona Yevropa tarafdori emas".

Politolog Yuriy Svetov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Svetov: pandemiyadan keyin YEI mamlakatlari oʻrtasidagi munosabat qayta koʻrib chiqiladi

Shunday ham boʻldi - Yevropa Ittifoqi oʻz tarixidagi eng katta inqirozga duch keldi. Ammo u undan omon qololmasligi ham mumkinmi?

Yoʻq, mumkin emas. Chunki, Makronning soʻzlaridan farqli oʻlaroq, Yevropa Ittifoqi har doim siyosiy loyiha boʻlib kelgan - hatto u yoʻq boʻlgan joyda ham, oʻtgan asrning boshida pan-yevropa gʻoyasi paydo boʻlgan. Iqtisodiy muammolar Yevropa Ittifoqini vayron qila olmaydi – uni faqat siyosiy chaqiriqlar qulatishi mumkin: hoh u ichki yoki tashqi boʻlsin.

Tashqi oʻyinchilar bilan vaziyatda hammasi tushunarli - tashqi oʻyinchilarning Yevropa Ittifoqining zaiflashishi va qulashiga qaratilgan harakatlari mutlaqo pragmatik asosga ega. Hech kimga jahon sahnasida kuchli raqib kerak emas - va yakka bir davlat (federatsiya) darajasigacha biriktirilgan Yevropa har qanday holatda ham eng kuchli global oʻyinchidir. Albatta, 16-19 asrlardagi jahon tarixining Yevropa davridagi kabi emas - lekin baribir. AQSH ham, Xitoy ham, Rossiya ham turli sabablarga koʻra kuchli birlashgan Yevropaga muhtoj emas, lekin bu Yevropaning oʻzi uchun printsipial emas. Har kimga Yevropaning alohida mamlakatlari yoki Yevropa mamlakatlari bloklari bilan muzokara qilish va (agar kerak boʻlsa, ziddiyatda boʻlish) osonroqdir. Biroq, endi birlashgan Yevropaning asosiy dushmani hozir tashqarida emas, balki oʻzining ichkarisida.

Rossiya koronavirusga qarshi kurashda Italiyaga yordam beradi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Rossiyadan muhabbat ila: Italiyaga “tibbiy desant” yordamga keldi

Yevropa har doim ham birlikka intilib kelgan - biz Rimni, Buyuk Karl imperatorligini, nemis millatining muqaddas Rim imperiyasini, Napoleonni, Gitlerni esga olsak boʻladi. Birlashtirish tamoyillari har hil boʻlardi, ammo mohiyati har doim bir xil: Yevropaliklar birga boʻlishlari kerak va bir rahbarlik ostida ular yanada kuchliroq va muvaffaqiyatliroq boʻladi. Ikkita ohirgi loyihalar Yevropa uchun hamisha tushunarsiz boʻlgan, ular Osiyo tomon surib yubormoqchi boʻlgan Rossiyaga taqaldi.

Biroq, oxirgi loyiha - Yevropa Ittifoqi gʻoya sifatida, Rossiyaning gʻoyat natsist boʻlgan Yevropa ustidan yirik gʻalabasidan soʻng - Moskva Sharqiy Yevropa ustidan nazoratni qoʻlga kiritgandan keyin vujudga keldi. AQSH va Buyuk Britaniya esa Gʻarbiy Yevropani nazoratga olganida. Yevropa oʻz subʼyektivligini yoʻqotdi - lekin Anglosakson ogʻasining qathiy nazorati ostida birlashishni boshladi. Avval uning gʻarbiy qismi, 90-yillarning boshlaridan esa, SSSR parchalanganidan keyin sharqiy qismi ham.

Natijada, bizda hozirda juda katta, ammo tugallanmagan, yaxlit boʻlmagan imperiya mavjud – u dunyodagi eng katta iqtisodiyotga ega, ulkan eksportga ega, oʻz valyutasi va moliyaviy tizimiga ega. Ammo irodasi juda zaif - tushunarsiz, oʻzaro muvofiqlashtirilmagan va qaram tashqi siyosat, mustaqil mudofaa siyosatiga ega boʻlmagan. Iqtisodiy gigantning oʻz geosiyosiy suvereniteti yoʻq - u hanuz Gʻarbning, aniqrogʻi, dunyo hukmronligiga yoʻnaltirilgan Yevropa va Amerika elitalarining bir qismini birlashtirgan Atlantika globallashuvi loyihasi boʻlib qolmoqda. Ammo tarix shohid boʻlishicha, hatto jar solishicha, koʻngil haqida oʻylash vaqti keldi – (boy berilgan) dunyo yetakchiligiga yopishib olish emas, balki oʻz uyingni qurish vaqti keldi. Bunga nima toʻsqinlik qilmoqda? Koronavirusmi?

Yoʻq, Yevropa Ittifoqini yagona suveren davlatga aylanishiga ikkita asosiy toʻsiq mavjud. Tashqi - anglosaksonlar va Atlantika tomon fikrlovchi Yevropa elitalarining Yevropa deb ataluvchi kemani avtonom suzishiga rozi emasligi. "Yevropa oʻz kelajagi uchun javobgarlikni oʻz qoʻliga olishi kerak", - deb ham Merkel ham Makron taʼkidlashmoqda, ammo bizning xohishlarimiz bizning imkoniyatlarimiz bilan mos kelishi kerak. Bunday holda - hech boʻlmaganda siyosiy iroda va strategik fikrlashning mavjudligi zarur, yaʼni buni jar solayotganlar mustaqil Yevropaga haqiqatan ham ishonishlari va uni qurishni xohlashlari kerak. Germaniya va Frantsiyaning hozirgi rahbarlari (toʻgʻrirogʻi, hukmron guruhlar) ana shunday jiddiy maqsadlarni oldilariga qoʻyishganiga shubha katta.

Myunxenskaya konferentsiya po bezopasnosti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yevropa hamjihatligi qogʻozdagi ertak ekan: Serbiya prezidenti

Birlashgan Yevropa uchun ikkinchi toʻsiq ichki. Darhaqiqat, xalqlar bunday birlashgan Yevropani xohlamaydilar - Yevropa Ittifoqi mashhur emas va hozirgi inqiroz esa unga undanda dahshatli zarba beradi. Ammo birlashgan Yevropa aynan hozirgi kabi boʻlishi kerak deb kim aytdi? Makron va yevropalik integratorlar nafrat bilan populistlar deb ataydigan yevroseptiklarning aksariyati haqiqatan ham birlashgan Yevropaga qarshi emas - ular hozirgi kabi YEIga qarshi. Milliy oʻziga xoslikni buzadigan mafkura bilan, anʼanaviy boʻlmagan qadriyatlar bilan, ruhiy jihatdan zaif va byurokratiyasi kuchli boʻlgan milliy elitalarning diktati bilan ham boʻlgan YEIga qarshi. Muqarrar va tobora oʻsib boradigan nemis yetakchiligi ham koʻplab yevropaliklarni qoʻrqitmoqda - ammo har holda, nemislar har qanday Yevrointegratsiyaning asosi va poydevoridir, gap faqatgina shundaki, hozirgi nemis elitasining  oʻzi oʻz harakatlarida mustaqilmi?

Yevropaning turli xalqlarini koʻp narsa qoʻrqitadi - ammo ularni barcha ziddiyatlardan koʻra koʻproq birlashtiruvchi bir jihat bor. Bu birgalikda ular alohida boʻlgandan koʻra kuchliroq ekanligi va hozirgi globallashgan dunyoda esa bu juda muhim sababdir. Yevropaliklarning oʻzi buni boshqalardan koʻra yaxshiroq tushunishadi - chunki bu global dunyo tartibining asosiy quruvchilari aynan oʻzlari boʻlganlar. Ular (ayniqsa ularning anglosakson qarindoshlari) uni toʻlaligicha boshqarishini istashgan - natija bermadi, endi qayta oʻynash vaqti keldi, mintaqaviy kuch markazlari va tsivilizatsiyalar oʻrtasidagi janglarga tayyorgarlik koʻrish vaqti keldi. Oʻz Yevropasining qalʼasini kuchaytirish, yaʼni qurib bitkazish - kuchli birlashgan Yevropa nomidan boshqalar bilan raqobatlashish, janjallashish, muzokaralar olib borish uchun. Unga yetishish  uchun Lissabondan Xelsinkigacha boʻlgan hammani va hamma narsani bitta qolipga tushirish shart emas - mustaqil kelajak uchun javobgarlikni atigi oʻz zimmasiga olish va alternativa, yaʼni qulashdan juda qoʻrqish kerak holos.

Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomoщ v Kitay - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Insonparvarlik yordami dunyo siyosiy tartibini yoʻq qilmoqda

Endilikda birinchi navbatda qoʻrquv - koronavirus oldida emas, balki koronainqirozning oqibatlari Yevropa Ittifoqini parchalashidan qoʻrquv. Va bu Yevropa xalqlari orasida unga boʻlgan ishonchni kuchaytirish uchun yaxshi ragʻbatdir. Makronning takliflariga aslida alternativa yoʻq - albatta, Italiyaning oʻzi haqida oʻylab koʻrish mumkin, "kemaga tushganning joni bir-ku", deyishadi ular, ular baribir yevrohudud va YEIdan chiqib ketolmaydilar. Darhaqiqat, ular Rossiya oldiga yugurib borishmaydi-ku?

Yoʻq, toʻgʻridan-toʻgʻri Moskvaga emas, balki Osiyo tomon. Pekin mamnuniyat bilan Rimga yordamga keladi - va agarda Italiya YEIdan chiqib ketgudek boʻlsa, unda birlashgan Yevropa orzusiga katta nuqta qoʻysa boʻladi. Buni Berlinda juda yaxshi tushunishadi (anglosakson poytaxtlarni gapirmasak ham boʻladi) - shuning uchun ham nemislar toʻlaydi, shubha yoʻq. YEI har doim siyosiy loyiha boʻlib kelgan va Germaniya uchun qanchalik siyosiylashgan boʻlsa, shuncha chuqurroq.

Manba: RIA Novosti.

Yangiliklar lentasi
0