Iqtisod

Toshkent viloyatida chet el investorlari uchun zamonaviy shaharcha barpo etiladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishMer Moskvы S. Sobyanin osmotrel xod stroitelstva JK "ZILART"
Mer Moskvы S. Sobyanin osmotrel xod stroitelstva JK ZILART - Sputnik Oʻzbekiston
Loyihaga turk kompaniyasi 20 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoya kiritadi. “Super Garden” MCHJ tomonidan esa 5 mln dollar mablagʻ kiritiladi.

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Vazirlar mahkamasining Toshkent viloyatida “Invest Village” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Toshkent viloyatida qurilish va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga chet el investorlari uchun qulay shart-sharoitlarga ega boʻlgan zamonaviy shaharcha tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastiye vo vneocherednom sammite Soveta sotrudnichestva tyurkoyazыchnыx gosudarstv - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ayrim sohalarga faoliyatini davom ettirishga ruxsat beriladi – prezident

Shaharcha Qibray tumanida tashkil etiladi va unga 40 gektar yer uchastkasi ajratiladi.

“Super Garden” MCHJga ajratilgan yer uchastkasida Turkiyaning “Toleza Tekstil Sanayi Iç ve Dis Tic. Ltd. Sti.” Kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 25 mln AQSH dollarilik xorijiy investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”, - deyiladi qaror matnida.

Loyihaga turk kompaniyasi 20 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoya kiritadi. “Super Garden” MCHJ tomonidan esa  5 mln dollar mablagʻ kiritiladi.

“Invest Village” loyihasini 2020-2021 yillarda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

Quriladigan uy-joylarning 5 foiz Toshkent viloyati hokimligiga beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala