Yana 30 nafar fuqaroda koronavirus tasdiqlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishSotrudnik laboratorii upakovivayet biomaterial, sobranniy dlya analiza na koronavirus
Sotrudnik laboratorii upakovivayet biomaterial, sobranniy dlya analiza na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 1650 nafardan oshib ketdi. Mamlakatda 261 nafar bemor butunlay tuzalib ketgan.

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yana 30 nafar fuqaroning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

V Uzbekistane vizdoroveli yeshe patero zabolevshix koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Yangi g‘alaba: O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni oshdi

“2020 yil 21-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1657 nafarni tashkil qilmoqda”, - deyilgan xabarda.

O‘zbekistonda ushbu kasallikni yuqtirib olganlarning 261 nafari butunlay tuzalib ketgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb tan oldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 2,4 milliondan oshdi. Ushbu infeksiyani 690 mingdan ziyod kishi yengishga muvaffaq bo‘lgan. 139 mingdan ziyod kishi koronavirus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0