Dunyoda

Kim Chen In singlisi KXDR rahbari boʻlishga tayyorlanmoqda

© AP Photo / Jorge SilvaKim YO Chjon, sestra lidera Severnoy Korei Kim Chen Ыn na tseremonii vozlojeniya venkov v mavzoleye Xo Shi Mina v Xanoye, Vyetnam
Kim YO Chjon, sestra lidera Severnoy Korei Kim Chen Ыn na tseremonii vozlojeniya venkov v mavzoleye Xo Shi Mina v Xanoye, Vyetnam - Sputnik Oʻzbekiston
Kuni kecha AQSH OAVlarida oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotidan soʻng Shimoliy Koreya yetakchisining sogʻligʻi keskin yomonlashgani haqida xabarlar paydo boʻldi.

TOSHKENT, 22 apr — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In oʻrniga uning singlisi Kim YO Chjon tayyorlanmoqda. Bu haqda RIA Novosti Yaponiyaning “Iomiuri” gazetasiga asosan xabar qildi.

Lider Severnoy Korei Kim Chen Ыn prinimayet uchastiye v ispыtanii mnogotselevoy raketnoy puskovoy ustanovki - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
KXDR ballistik raketa uchirdi – Janubiy Koreya

Nashrning manbalariga koʻra, favqulodda holat uchun bunday harakatlar rejasi ishlab chiqilgan.

Taʼkidlanishicha, KXDR Mehnat partiyasi Markaziy qoʻmitasining 2019 yil oxirida boʻlib oʻtgan plenumida Kim Chen In toʻsatdan vafot etgan taqdirda mamlakatdagi barcha hokimiyatni oʻz singlisiga topshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Koʻp oʻtmay, "Kim YO Chjon nomidan partiya va harbiy yoʻnalishlarga oid koʻplab koʻrsatmalar olindi".

Shuningdek, yanvar oyida Kim Chen Inning ahvoli yomonlashgani sababli Frantsiyadan bir guruh shifokorlar Pxenyanga keldi. Kim Chen Inda yurak muammolari, yuqori qon bosimi va diabet kasalligi boʻlgan. Shundan soʻng, vorisni tayyorlash boʻyicha ishlar jadallashdi va Kim YO Chjon KXDR iyerarxiyasida "ikkinchi raqamli shaxs" boʻldi.

Kuni kecha CNN telekanali xabar berishicha, jarrohlik amaliyotidan soʻng Shimoliy Koreya rahbarining sogʻligʻi keskin yomonlashdi. Taʼkidlanishicha, koʻp yillar davomida birinchi marta Kim Chen In eng muhim milliy bayramlardan birida - mamlakat asoschisining tugʻilgan kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan marosimda ishtirok etmadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala