Dunyoda

Novak WTI neftining rekord darajadagi qulashi boʻyicha fikr bildirdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMinistr energetiki RF Aleksandr Novak
Ministr energetiki RF Aleksandr Novak - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novak neft narxining rekord darajada pasayishi bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha tushkunlikka tushmaslikka chaqirdi.

TOSHKENT, 21 apr - Sputnik. Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novak neft narxining rekord darajada pasayishi bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha tushkunlikka tushmaslikka chaqirdi.

Neftyanoy stanok-kachalka na mestorojdenii nefti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Suvtekin”: neft narxi nol darajadan pastga tushdi

Kuni kecha may oyi WTI fyucherslari tarixda birinchi marta bir barrel uchun minus 37 dollargacha boʻlgan salbiy koʻrsatkichlarga tushdi. Bugun WTI va Brent uchun iyun fyucherslari ham tushdi.

Energetika vazirligi rahbarining soʻzlariga koʻra, bu qulash spekulyatsiyalar bilan bogʻliq edi.

"WTI amerika markasining neft narxlari kechagi qulashi qogʻozdagi savdoning oxirida may oyida yetkazib berish uchun fyuchersni sotib yuborilishi, may oyida qoʻshimcha neft taʼminotiga talab yoʻqligi va omborlarni haddan tashqari koʻp toʻldirish ehtimoli tufayli yuzaga keldi. Bu moliyaviy vositaning salbiy koʻrsatkichlargacha spekulyativ pasayishiga olib keldi," - tushuntirdi vazir.

Uning soʻzlariga koʻra, bu qogʻozda oʻtadigan bozor boʻlib, bu yerda haqiqiy neft bilan emas, balki moliyaviy vositalar bilan savdo amalga oshiriladi.

Uning taʼkidlashicha, iyun fyucherslari sezilarli darajada balandroq, ammo ular ham bozorning umumiy holati tufayli beqarorlikni boshdan kechirdilar.

Narxlar urushining natijasi

Britaniyaning Wood Mackenzie konsalting kompaniyasi tahlilchisi Enn-Luiz Xittlning soʻzlariga koʻra, kecha narxlarning pasayishi aprel oyidagi narxlar urushi natijasida yuzaga keldi. Unga koʻra, salbiy narxlar neft bozorida "zilzila"ni keltirib chiqardi.

Shtangovыy nasos - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rossiya neft urushidan qanday manfaat koʻrishi mumkin?

U mart oyida OPEK+ yangi bitim boʻyicha kelisha olmaganini eslatdi.

"Saudiya Arabistonining maqsadi fevraldagi kuniga 9,7 million barreldan farqli oʻlaroq bozorga aprel oyida kuniga 12,3 million barrelni yetkazish edi. Bu aprel oyida "Saudiya barrellari" toʻlqinini qoʻzgʻatdi. Bozor ulushi uchun OPEK+ jangining eng katta taʼsiri shu oyda bilindi», - dedi ekspert.

U shuningdek, aprel oʻrtalarida tuzilgan yangi bitim bozorni barqarorlashtirishga yordam berishini kutmoqda.

Neft narxining tushishi

Koronavirus xom ashyoga talabning pasayishi tufayli neft narxining rekord darajada pasayishiga olib keldi. Shuningdek, bozorga aprel oyi oʻrtasigacha ham  OPEK+ kelishuvi yoʻqligi ham salbiy taʼsir koʻrsatdi. Bitim faqat aprel oyining oʻrtalarida tuzildi. Bu bozor holatini vaqtincha barqarorlashtirishga yordam berdi, ammo keyin narxlar yana pasaya boshladi.

Koronavirus va xom ashyoning haddan tashqari koʻpayishi sharoitida OPEK va Xalqaro energetika agentligi bu yil neftga talabning rekord darajada pasayishini kutmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0