TOSHKENT, 22 apr - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (DSQ) yirik soliq toʻlovchilarning transport vositalariga ruxsat beruvchi stikerlarni chiqara boshladi, deya xabar beradi idora matbuot xizmati. Ushbu qadam korxonalar ishini yengillashtirishi va karantin davrida ularning keyingi faoliyat yuritishi uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratishi kutilmoqda.
Shaxsiy va hizmat transport vositalariga ruxsat beruvchi stikerlarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiruvchi korxonalar xodimlari olishlari mumkin.
Bularga:
- aktsiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar;
- banklar va ularning filiallari, tovar xom-ashyo, fond va valyuta birjalari;
- "Navoiy TKMK" DK, "Olmaliq TKMK" OAJ va ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar;
- mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etuvchi tashkilotlar;
- kalendar yili yakunlariga koʻra mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan 100 milliard soʻmdan ortiq sof tushumga ega boʻlgan yuridik shaxslar.
Ruxsat olish stikerini olish uchun soliq toʻlovchining elektron soliq xizmati portalidagi shahsiy kabinetidagi maxsus shaklni toʻldirib, faqat onlayn tarzda murojaat qilish mumkin. QR-kodli ruxsatnoma bir ish kuni ichida rasmiylashtiriladi. Harakatni amalga oshirish uchun uni chop etish kerak.
"Stikerlar uchun kvotalar DSQ tomonidan har bir soliq toʻlovchiga nisbatan alohida belgilanadi. Ruxsat beruvchi stiker taqdim qilingan kundan boshlab 30 kun ichida harakatlanish huquqini beradi", - deyiladi nashrda.
Stikerni olgan xodimlar mehnat daftarchasi nusxasini va ish joyidan tasdiqlovchi hujjatni olib yurishlari kerak. Ular transport vositalaridan 9.00 dan 18.00 gacha faqat hizmat maqsadlarda va faqat belgilangan yoʻnalish boʻyicha foydalanishlari mumkin.
Soʻrovnoma DSQga yuborilgandan soʻng, unga oʻzgartirish kiritish mumkin boʻlmaydi. Ruxsatnoma uchun haq olinmaydi.
Eslatib oʻtamiz, Davlat xizmatlari markazlari 2020 yil 9 apreldan avtomobillar harakatiga maxsus stikerlar berishni toʻxtatgan.