Propiska bo‘yicha prezident farmoni imzolandi

© Sputnik / Yuliya Chestnova / Mediabankka o‘tishOformlenie vremennoy propiski
Oformlenie vremennoy propiski - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tegishli lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolarga lavozimni egallab turish davriga beriladigan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish huquqiga cheklov bekor qilinadi

TOShKENT, 22 apr - Sputnik. "Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" prezident Farmoni qabul qilindi.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Propiska masalasi: kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar

Farmonga muvofiq, ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan doimiy propiska qilish tizimidan bosqichma-bosqich xabar berish xususiyatidagi ro‘yxatdan o‘tkazish tizimiga o‘tiladi.

Shunga ko‘ra, birinchi bosqichda quyidagilar amalga oshiriladi:

👉 “doimiy propiska qilish” va “turgan joyi bo‘yicha hisobga olish” tushunchalari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” va “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” tushunchalariga o‘zgartiriladi;

👉 fuqarolarga birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarini o‘zi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda bo‘lgan manzil bilan bir qatorda egaligida bo‘lgan uy-joy maydoniga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish imkoniyati yaratiladi;

👉 doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish uchun er-xotinning nikohdan keyin 1-yil davomida birgalikda yashash sharti hamda 1-yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi yo‘qotilishi to‘g‘risidagi qoida olib tashlanadi;

Oformlenie vremennoy propiski - Sputnik O‘zbekiston
Ikromov: propiska so‘zi amaldan chiqarilib, o‘rniga “qayd etish” birikmasi ishlatiladi

👉 oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar ularning tutingan ota-onasining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi;

👉 ilgari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar doimiy yashash uchun tegishincha qaytib kelganida, ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga hech qanday to‘siqlarsiz qayta doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi;

👉 tegishli lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolarga hamda respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar uchun lavozimni egallab turish davriga beriladigan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish huquqiga cheklov bekor qilinadi;

👉 Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan davlat tashkilotlarida 5-yil muddat mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini yuritayotgan mutaxassislar (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari) mazkur hududlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi;

👉 respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarni sotib olib, 3-yil ichida sotgan holatlarda davlat bojining alohida stavkalarini qo‘llash tartibi bekor qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0