SSSR Zuhra yulduziga qo‘nish uchun qanday tayyorgarlik ko‘rgan?

© NASAVulkan na poverxnosti Veneri
Vulkan na poverxnosti Veneri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sovet olimlari Veneraga parvoz qilish imkoniyatini o‘rganib chiqqanlar, ammo u yerda sharoitlar nomaqbul ekanligi ma’lum bo‘lganda, ular bu fikrdan voz kechdilar

TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Sovet olimlari Veneraga parvoz qilish imkoniyatini o‘rganib chiqqanlar, ammo u yerda sharoitlar nomaqbul ekanligi ma’lum bo‘lganda, ular bu fikrdan voz kechdilar, dedi RIA Novostiga bergan intervyusida Rossiya fanlar akademiyasining Tibbiy-biologik muammolar instituti ekstremal sharoitda inson fiziologiyasi bo‘limi boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori, Siolkovskiy nomidagi Rossiya Kosmonavtika akademiyasining akademigi Aleksandr Suvorov.

Planeta Mars - Sputnik O‘zbekiston
Insoniyat qachon Marsni mustamlaka qilib oladi?

"Alohida yo‘nalish - giperbolik fiziologiya va tibbiyot. U institutimizda kosmik tibbiyot paydo bo‘lishi davrida Sergey Pavlovich Korolev Marsdan tashqari Veneraga ham uchish imkoniyatlarini ko‘rib chiqqanligi sababli rivojlana boshladi", - dedi olim.

O‘shanda Venera nafas olish uchun yaroqsiz atmosferaga ega ekanligini va sirtidagi bosim 96 atmosferaga teng ekanligini hamma bilib bo‘lgan, bu suv ostiga deyarli 1000 metrga sho‘ng‘ishga teng. Bunday bosim ostida ishlash imkoniyatini sinab ko‘rish uchun Biologik - tibbiy muammolar instituti va SSSR Fanlar akademiyasining Okeanologiya instituti bilan birgalikda 1981-yilda bosim kamerasida 100 metrlik chuqurlikka joylashish tashkil etildi, keyinchalik 350 va 450 metr, bu tajribalarda Suvorov ham ishtirok etgan. "Oxir-oqibat, biz 1000 metr chuqurlikda odam ishlashi mumkinligini deyarli isbotladik", - deb aytib berdi olim.

Bunday sharoitda nafas olish qiyinlashadi, nafas qisilishi paydo bo‘ladi, ammo bunday sharoitlarda o‘rtacha og‘ir jismoniy faoliyat bajarilishi mumkin.

Biroq, Veneraga avtomatik stansiyalar yetib borganda, u yerning atmosferasi uglekislotali, harorati yuqoriligi ma’lum bo‘ldi, shundan keyin odam parvozi g‘oyasi asta-sekin yo‘qoldi. "Ammo odam nazariy jihatdan Veneraga tushib, skafandrni kiyib, uning yuzasiga chiqishi – bu haqiqat. Agar biz 1000 metr chuqurlikka sho‘ng‘iy olsak, vaqt o‘tishi bilan Venera yuzasiga chiqishimiz ham mumkin", - dedi olim.

Veneraga birinchi marta 1967-yilda "Venera-4" Sovet stansiyasi yetib borgan, ammo sayyora yuzasiga 1970-yilda faqat "Venera-7" qo‘nga muvaffaq bo‘ldi. U 90 atmosfera bosim va taxminan 475 daraja haroratni qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0