Dunyoda

BSST Tojikiston va Turkmanistonni COVID-19 yoʻqligiga tekshiradi

© United States Mission GenevaFlag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ)
Flag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ikkala respublika hukumati ham oʻz mamlakatlarida bironta koronavirus bilan bemorlanish holatlari qayd etilmaganini taʼkidlagan

TOSHKENT, 23 apr - Sputnik. Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (BSST) missiyasi Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Ushbu davlatlar hukumatlari mamlakatda COVID-19ga chalinish boʻyicha bironta ham holat qayd etilmaganligini taʼkidlashgan.

Doktor v zaщitnom kostyume testiruyet devushku na koronavirus v Axmedabade, Indiya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirus hali uzoq davom etadi - BSST rahbari

Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qilmoqda.

Jon Xopkins universiteti xaritasida hozircha ikkala davlat ham oq dogʻlar bilan belgilangan, bu infektsiya ushbu mamlakatlarga kirib bormaganini anglatadi. Bunday davlatlar soni dunyo boʻyicha 11tani tashkil etadi.

BSST missiyasi Tojikiston va Turkmanistonga keladi va shahar, tibbiy muassasalar va mamlakatning boshqa muhim obʼyektlarida tekshiruvlarni oʻtkazadi.

Ushbu tashrif yakuni boʻyicha tashkilot vakillari oʻz xulosalarini eʼlon qiladilar: yaʼni respublikalardagi epidemiologik holat rostdan ham stabilmi yoki yoʻq maʼlum boʻladi.

Shuningdek, mutaxassislar COVID-19 tarqalishining oldini olish va himoyalanishni yaxshilash boʻyicha oʻz tavsiyalarini beradilar.

Bu orada butun dunyoda koronavirusdan bemorlanganlar soni 2,6 milliondan oshdi, pnademiya qurbonlari soni 185 mingtaga yetdi, 723 ming kishi sogʻayishga muvaffaq boʻldi.

Yangiliklar lentasi
0