TOSHKENT, 23 apr - Sputnik. Jahon banki ekspertlari prognoziga koʻra, COVID-19 pandemiyasi va karantin tufayli 2020 yilda umumjahon pul oʻtkazmalari miqdori keskin kamayishi kutilmoqda.
Ushbu kamayish birinchi navbatda mehnat migrantlari daromadlari kamayishi va ularning ish oʻrinlarini yoʻqotishlari bilan bogʻliq, chunki qabul qiliuvchi mamlakatlarda ish beruvchilar birinchi navbatda mehnat migrantlaridan iborat xodimlarni qisqartiradi.
Xabarda aytilishiga koʻra oʻrtacha daromad kam boʻlgan mamlakatlarga xalqaro pul oʻtkazmalari miqdori 19,7% kamayib 445 mlrd. Dollarni tashkil qiladi. Buning oqibatida eng kam daromadli uy xoʻjaliklari muhim daromad manbailaridan mahrum boʻlishlari mumkin.
Pul oʻtkazmalari – rivojlanayotgan mamlakatlar uchun juda muhim daromad manbaidir. COVID-19 tufayli sodir boʻlayotgan bugungi iqtisodiy retsessiya migrantlarning uylariga pul oʻtkazish imkoniyatini cheklaydi va va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining tiklanishini kechiktiradi, - dedi Jahon banki guruhi prezidenti Devid Malpass.
Jahon banki prognoziga koʻra, pul oʻtkazmalari kamayishi birinchi navbatda Yevropa va Markaziy Osiyo hududida kutildmoqda - 27%, undan soʻng Afrikada janubida - 23%, Janubiy Osiyoda - 22%, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Lotin Amerikasida - 19% va Tinch okeani hududida - 13%.
Eslatib oʻtamiz, biroz oldin rossiyalik ekspert Aprel oyida mehnat migrantlarining pul oʻtkazmalari 50%gacha kamayib ketishi mumkinligini xabar qilgan edi. Mutaxassis fikriga koʻra, migrantlar krizis sharoitida oʻz hayotini taʼminlashlari kerakligi bilan izohlagan edi.
Ekspert xulosasiga koʻra, pul oʻtkazmalarning kamayishi Sarkaziy Osiyo respublikalarida ichki talab va import hajmining kamayishiga olib kelishi mumkin.