Analitika

"Hindlar shokda edi": Rossiya tanklari nimalarga qodir

© Sputnik / Grigory Sysoev / Mediabankka oʻtishTank T-90A na V Mejdunarodnom voyenno-texnicheskom forume "Armiya-2019"
Tank T-90A na  V Mejdunarodnom voyenno-texnicheskom forume Armiya-2019 - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Suriyada oxirgi T-14 Armata tanki sinovdan oʻtganligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 23 apr - Sputnik, Nikolay Protopopov. Har xil oʻq-dorilar bilan shafqatsiz otish, dvigatelni choʻqqi rejimlarda ishlatish, minglab askarli marshlar va quroldan yuzlab oʻq otish - yangi tanklar xizmatga qabul qilinishidan oldin qattiq sinovlardan oʻtadi. Iloji boʻlsa, harbiy texnika haqiqiy jangovar harakatlar zonasiga yuboriladi. Yaqinda Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Suriyada soʻnggi T-14 Armata tankining sinovdan oʻtganligini aytdi. Tank "imtihonlari" toʻgʻrisida - RIA Novosti materialida.

Otkrыtiye vыstavki retro-avtomobiley Oldtaymer-Galereya - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Kabriolet, tank va “Rolls-Royc”: Moskva retro-avto koʻrgazmasi - foto

Nazariyadan amaliyotga

Yangi tankni taktik va texnik xususiyatlarga muvofiqligini tekshirish baʼzan bir yildan koʻproq vaqtni oladi. Zirhli transport vositalari bir nechta davlat standartlari boʻyicha sinovdan oʻtkaziladi: tarkibiy qismlari, tarkibiy elementlar va mahsulot butun boricha. Sinovlar zavodning oʻzidayoq boshlanadi - mudofaa sanoati qompleksining har bir korxonasi oʻz mahsulotlarini mustaqil ravishda tekshirishga majburdir.

Keyin tank davlat sinovlariga yuboriladi. Bu eng qizigʻi: zirhli mashinalar har xil oʻq-dorilar bilan oʻqqa tutiladi, barcha taniqli tanklarga qarshi qurollar bilan, minalarda va qoʻlbola moslamalarda portillatiladi, yonida havo bombalari, artilleriya snaryadlari portillatiladi, radiatsiya va bakteriologik moddalarning taʼsiri oʻrganiladi.

Birinchi navbatda, otish paytida tajriba namunalarining zirh plitalari va payvandlangan boʻgʻinlarning , shuningdek korpusning alohida qismlarining parchalanishi tekshiriladi. Yana bir muhim bosqich - bu iqlimiy bosqich.

"Texnika minus 50 dan 50 darajagacha boʻlgan harorat oraligʻida ishlashga qodir boʻlishi kerak, - deydi Viktor Muraxovskiy, "Arsenal Otechestva" jurnalining bosh muharriri, RIA Novosti bilan suhbatda. – Zavodlarda mahsus klimatik kameralar mavjud, uning ichida tanklar uzoq vaqt davomida oʻta issiq va oʻta sovuq haroratlarda tekshiriladi.

Pokazatelnыy vыezd istoricheskoy bronetexniki v Primorye - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tank romantikasi: yigit qizga tanklar yordamida turmushga chiqishni taklif qildi - video

Mashinalar mamlakatning turli mintaqalarida yurgiziladi - muzli Arktikada va yozda 40-45 daraja jaziramali janubda. Bundan tashqari, dvigatel, yongʻinni boshqarish tizimi va qurollar togʻlarda sinovdan oʻtkaziladi.

Minglab kilometrlar

Uzoq vaqt davomida mashinalarning chidamliligini nafaqat dvigatel va transmissiyasining, balki boshqaruv va aloqa tizimlarining tekshirilishiga alohida eʼtibor qaratiladi.

"Kuniga 300-400 kilometr masofali uch kunlik yurish nafaqat harakatlanuvchi elementlarga taʼsir qiladi, - deydi Muraxovskiy, - Shundan keyin oʻt ochishni boshqarish tizimi qanday ishlashi, oʻq-dorilarning ahvoli, ekipaj aʼzolari umuman oʻzini qanday his qilayotgani - ular ishlash qobiliyatini yoʻqotadimi- yoʻqmi, tushunib yetish muhim. Yaʼni, ergonomika sinovdan oʻtkaziladi".

Mudofaa vazirligi Zirhli avtotransportlar bosh boshqarmasi sobiq boshligʻi general-polkovnik Sergey Mayevning soʻzlariga koʻra, Sovet davrida tanklar butun mamlakat boʻylab bir necha kunlab sinovlarda yurgizilgan.

"Istiqbolli mashinalarning saflari bir yarim-ikki ming kilometrni bosib oʻtishardi, - deb eslaydi general. - Har bir tankga ishlab chiquvchi instituti yoki Zirhli tank texnikalari qoʻshinlar Akademiyasining mutaxassisi biriktirilgan. Ular jangovar foydalanish va samaradorlikni taʼminlovchi barcha parametrlarni baholaganlar. Odatda bunday operatsiyalar oshkor qilinmagan - barcha mashinalar qoplangan boʻlgan, ahir yangi ishlanma".

Uzbekskiye bolelщiki na tribunax po itogam finala Tankovogo biatlona - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston tankchilari “Tank biatloni” final bahsida gʻalaba qozondi

Mahalliy tank qurish sanoatida minglab kilometr yurish uzoq tarixga ega. Hech boʻlmaganda, 1940 yilda afsonaviy "oʻttiz toʻrtinchi"ning sinovlarini eslaylik. Ikki tajriba mashina Xarkovdan Moskvaga mustaqil yetib borib orqaga qaytishgan. Ushbu yurishda T-34 loyihasi rahbari, konstruktor Mixail Koshkin shaxsan ishtirok etgan.

Ongli tanlov

Sinov dasturining yakuni - bu tajribaviy jangovar operatsiya. Shundan keyingina, davlat komissiyasi xizmatni oʻtash uchun yangi tankni qabul qilish uchun tavsiya dalolatnomasini imzolaydi.

"Qoʻshinlar tankning ishonchliligini batamom aniqlaydilar, uning bexavotirligi toʻgʻrisida, yoki, aksincha, injiqligi, foydalanish imkoniyatlari va buning uchun zarur texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash vositalari toʻgʻrisida xulosa chiqarishadi, - deydi Muraxovskiy. - Sovet davrida oʻz paytida yangi T-64, T-72, T-80 aynan shu tarzda hizmatga qabul qilingan. Hozirda Mudofaa vazirligining "Armata" tanklari, BMPlar va zirhli tiklash-evakuatsiya mashinalariga buyurtmalar mavjud".

Tankovыy biatlon -2019. Individualnaya gonka - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Oʻzbekiston "Tank biatloni" yarim final bahsida - translyatsiya yakunlandi

Shunga qaramay, tank hizmatga qabul qilinishiga qaramay, uning sinovlari davom etaveradi. Eksport mashinalari alohida bosqichdan oʻtadi. Chet elga yetkazilish boʻyicha asosiy raqobatchilar orasida qiyosiy sinovlar boshlanadi.

Masalan, huddi shu holat Rossiya 90-yillarda Gretsiyaga taklif qilgan T-80 bilan roʻy bergan. Tenderda AQSH, Germaniya, Frantsiya, Ukraina, Buyuk Britaniya va Rossiyadan oltita tank ishtirok etgan. Sergey Mayevning soʻzlariga koʻra, mashinalar juda ogʻir sinovlardan oʻtdi, shu jumladan 2,5 ming kilometr masofaga yurishni. Ammo unda Gretsiya boshqa bir ishlab chiqaruvchining texnikasini tanladi.

Mayev yana bir misol keltirdi - T-90 tankini Hindiston qurolli kuchlariga sotish. Hindiston allaqachon tanlab boʻlgan, ammo baribir shartnoma tuzishdan oldin mashinani tekshirishni xohladi.

"Rossiyalik mutaxassislar ishtirokida uchta tank Pokiston bilan chegaradagi Tar sahrosiga uch oy muddatga joʻnatildi, - aytib beradi general. - Shu bilan birga, hindlar 1000 ot kuchiga ega dvigatelni talab qilishdi, ammo bizda atigi 840 ot kuchiligi bor edi. Biz tez fursatda B-92 dvigatelini yaratdik, quvvatini oshirdik, sinovdan oʻtkazdik va mashinaga oʻrnatdik".

T-72 tanki - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda Rossiya yordamida tank sozlash markazlari ochishi mumkin

Hindistondagi sinovlar juda ogʻir boʻldi. Umuman olganda, T-90 dasturni muvaffaqiyatli yakunladi, faqat bitta tank qizib ketdi. "Hindistonlik mexanik-haydovchi takroriy ogohlantirishlarga qaramay, uni haddan tashqari qizdirib yubordi, - deb tushuntirdi Mayev. – Ammo, aftidan unga shunday vazifa topshirilgan - u sovutish suyuqligi haroratini bir necha bor mumkin boʻlmagan darajaga keltirgan va dvigatel oqa boshlagan".

Biroq, ushbu holat rossiyalik mutaxassislarga qoʻl keldi. Ular dvigatelni toʻlaligicha oʻzgartirib oʻtirmadilar, garchi zahirada yaroqlilari boʻlsa ham. Oddiy zavod taʼmirlash toʻplamidan foydalanib, "dala"ning oʻzida tikladilar. Atigi 15 soat ichida nosoz motor yerga tushirilib, rezina zichlantiruvchilari almashtirilib, yana joyiga qaytarildi. Shundan keyin mashina yana 1500 kilometrni bosib oʻtdi.

"Shu bilan biz hindlarga uni xizmatga qabul qilinishida hal qiluvchi omil boʻlgan T-90 ning yuqori chidamliligi va taʼmirga yengilligini tasdiqladik", - deydi Mayev.

Hammasi jangda maʼlum boʻladi

Har qanday qurolning eng yaxshi sinovi bu haqiqiy jangdir. SSSR koʻp yangi texnikasini Afgʻonistonda sinovdan oʻtkazgan. U yerda oʻnlab zirhli transport vositalari, qurollar, samolyot va vertolyotlar, aloqa va radiolokatsion razvedka vositalari va oʻq-dorilarni sinovdan oʻtkazildi.

Ispыtaniye novoy ballisticheskoy raketы Sarmat - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya TIV AQSH bilan gipertovushli qurol borasida muzokara shartini oshkor qildi

Bugungi kunda Rossiya qurollari uchun asosiy jangovar poligoni - Suriya. Harbiy operatsiya davomida zamonaviy va takomillashtirilgan qurollarning ikki yuzdan ortiq namunalari sinovdan oʻtkazildi. Shu jumladan, eng yangi dengiz va havoda joylashtirilgan qanotli raketalar, yuqori aniqlikdagi oʻq-dorilar, aviatsion komplekslar, havodan mudofaa, radioelektron kurash va aloqa tizimlari.

Suriyada T-90A asosiy jangovar tankining negizida qurilgan "Terminator" tanklarni jangovar qoʻllab-quvvatlash vositasi jangda qatnashishga muvaffaq boʻldi, arab respublikasi osmoda beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotlari bir necha bor uchishdi, jangarilar obʼyektlarini takomillashtirilgan Mi-28NM "Nochnoy oxotnik" vertolyotlari yoʻq qilishdi. Rossiya harbiylari Suriyada eng soʻnggi robotlashgan minalardan tozalash vositalari va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishdi.

Mudofaa vazirligining maʼlumotlariga koʻra, harbiy harakatlar natijasida Rossiyaning istiqbolli oʻndan ortiq turlarini yanada rivojlantirish va ishlab chiqarilishi toʻxtatildi, yana uch yuz qurol namunalari takomillashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0