Dunyoda

Koronavirus hali uzoq davom etadi - BSST rahbari

© REUTERS / Amit DaveDoktor v zaщitnom kostyume testiruyet devushku na koronavirus v Axmedabade, Indiya
Doktor v zaщitnom kostyume testiruyet devushku na koronavirus v Axmedabade, Indiya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika, shuningdek, Sharqiy Yevropada biz u yerda havotirli holat kuzatilmoqda, deya taʼkidlaydi BSST rahbari

TOSHKENT, 23 apr — Sputnik. Koʻplab mamlakatlarda koronavirus infektsiyasini yuqtirish holati pasaya boshlagani bilan dunyodagi koronavirus pandemiyasi hali tugash nuqtasidan yiroq. Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus Jenevada oʻtkazilgan brifing davomida xuddi shunday bayonot bilan chiqdi.

Statsionar dlya lecheniya zarazivshixsya koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
COVID-19 bemorlari qancha muddatda tuzaladi

"Biz turli mintaqalarda turfa trendlarni koʻryapmiz. Gʻarbiy Yevropadagi infektsiya avj olishi holatlarining aksariyati stabillashdi va endi pasaymoqda. Garchi raqamlar kichik boʻlsa-da, biz Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika, shuningdek, Sharqiy Yevropada biz u yerda havotirga loyiq trendlarni koʻryapmiz. Koʻplab mamlakatlar hozirda epidemiyaning boshlangʻich bosqichida, virusga oldinroq duch kelganlarda holatlarning takrorlanishi kuzatilmoqda. Xatoga yoʻl qoʻymang, biz bosib oʻtadigan yoʻl davomli. Bu virus biz bilan hali uzoq vaqt boʻladi", - deya bayonot qildi BSST bosh direktori.

Gebreyesus soʻzlariga koʻra, virus hali ham xatarli va unga butun dunyodagi aholining chalinishi xavfi mavjud.

BSST rahbari kasallikning yangi epidemiyasi istalgan vaqtda qaytadan boshlanishi mumkinligini taʼkidladi.

Jon Xopkins universiteti taqdim etgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan butun dunyoda 2,6 million odam bemorlangan, 183,5 ming kishi infektsiya qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0