Mirziyoyev qator tayinlovlarni amalga oshirdi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Jamol Nasirov tayinlangan.

TOShKENT, 23 apr - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti qarori bilan Erkin Xamrayev O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sovladeles kompanii Eurasian National Resources Corporation Patox Shodiyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik milliarder “Yil homiysi” mukofotiga sazovor bo‘ldi

Bu haqda Adliya vazirligining telegram kanalida xabar berildi.

Shuningdek, prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Jamol Nasirov tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin O‘zbekiston prezidenti Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Muller O‘zbekiston Respublikasining "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlanishi to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkan edi.

Muller bu yuksak mukofotga Jahon banki guruhi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali va samarali hamkorlikni shakllantirish va har tomonlama mustahkamlashga, bank-moliya, soliq-budjet, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi tub o‘zgarishlar jarayoniga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi uchun loyiq ko‘rilgan.

Yangiliklar lentasi
0