TOSHKENT, 23 apr — Sputnik. Tojikiston va Oʻzbekiston katta Hisor kanalini tozalash ishlarini yakunladi.
Katta Hisor kanalining ikkala sohilidagi 13,8 km masofa qulab tushgan daraxtlar va boshqa axlatlardan tozalandi.
Suv kanalining umumiy uzunligi 50 kilometrni tashkil etadi, shulardan 10 kilometri Oʻzbekiston hududida joylashgan.
Tozalash ishlari 8 martda Hisor shahri hududidan Rudakiy tumanigacha boshlandi.
Oʻzbekistondan olib borilgan qazish ishlariga 9 ta ekskavator va mutaxassislar, Tojikistondan 3 ta maxsus texnika va 30 ishchi jalb etildi.
Oʻzbekiston obʼyektga 9 ta ekskavator, Tojikiston 3ta maxsus texnikani va 30 ishchini yuborgan edi.