Google O‘zbekistonda soliq to‘lashni boshladi

© AFP 2023 / TOSHIFUMI KITAMURALogotip Google
Logotip Google - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Google 2020-yilning I-choragi yakunlariga ko‘ra davlat budjetiga 85 ming yevro miqdorida mablag‘ to‘lagan.

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Dunyodagi yirik kompaniyalaridan biri Google O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lashni boshladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar qilmoqda.

“QQS bo‘yicha birinchi to‘lov “Google Commerce Limited” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Kompaniya joriy yilning I-choragi yakunlariga ko‘ra davlat budjetiga 85 ming yevro miqdorida mablag‘ to‘ladi”, - deyilgan xabarda.

Logotip Google - Sputnik O‘zbekiston
Google, Facebook va Yandex o‘z serverlarini O‘zbekistonda joylashtirishi mumkin

Qayd etilishicha, mamlakatimda maxsus xizmat – Internet-kompaniyalarning QQS-ofisi –  http://tax.uz yaratilgan.

Bugungi kunga qadar QQS-ofis orqali O‘zbekistonda Google Commerce Limited, Google Ireland Limited, Google Voice Inc, Apple Distribution International Limited, Netflix International B.V., Samsung Electronics Co., Ltd., Sleverbridge AG, Xsolla (USA), Inc., Activision Blizzard International BV xorijiy kompaniyalar ixtiyoriy soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Soliq kodeksi bilan 2020-yildan boshlab O‘zbekiston hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorijiy kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lash joriy etilgan.

Yangiliklar lentasi
0