Tezkor qurilish: Zangiotada virusologiya shifoxonasi qanday qurilmoqda

Obuna bo‘lish
Zangiota tumanida yaqin kunlar ichida 2 ming o‘rinli yuqumli kasalliklar shifoxonasi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Shu kunlarda Toshkentning Zangiota tumanida 10 ming o‘rinli virusologiya markazi qurilishi ildam qadamlar bilan olib borilmoqda. 

Umumiy maydoni 130 gektarni tashkil qiladigan ushbu majmua qurilishi 23-mart kuni boshlangan edi. uning birinchi bosqichi - 2 ming o‘rinli yuqumli kasalliklar shifoxonasi yaqin kunlar ichida qurib bitkazilshi rejalashtirilgan. 

Majmuaning 5 ming o‘rinli binolari "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati bunyodkorlari tomonidan barpo etilmoqda. Qurilish barcha sanitar-gigiyenik normalar hisobga olingan holda olib borilmoqda. 

Qurilishda 2 mingdan ortiq ishchilar 3 smenada faoliyat olib borishmoqda. Ishchilarga samarali ishlab dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0