O‘zbekistonda qator korxonalar o‘z faoliyatini qayta tiklaydi - ro‘yxat

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus epidemiyasi sharoitida ushbu korxona va tashkilotlarni, savdo va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni faoliyat yuritishi hamda qator obyektlarda qurilish ishlarini davom ettirish sanitariya-epidemologiya talablari asosida belgilangan.

TOShKENT, 25 apr - Sputnik. O‘zbekistonda budjet tushumlarini ta’minlash uchun iqtisodiyotning qator yo‘nalishlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda.

Sotrudniki texnicheskoy slujbi vo vremya dezinfeksii xolodnim parom vagonov poyezdov  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: eng so‘nggi ma’lumotlar

Xususan, qurilish materiallari bozorlari; yirik ishlab chiqaruvchi subyektlarning o‘z mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan hududlardagi tarmoq do‘kon (magazin)lariga (sanitar normasi 10 kv.m ga 1 nafar xaridor tartibi asosida);

hunarmand va ustalarga – ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan tashqari alohida joylashgan joyda (do‘kon) sotish faoliyatiga;

urug‘ va ko‘chat yetishtirish hamda ularni sotish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlariga (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar);

tijorat banklarining obyektlardagi shahobchalariga (kassalari);

avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlariga (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar);

V Namangane 11 chelovek vilechilis ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda COVID-19dan tuzalganlar soni 610 nafardan oshdi

avtomobillar, qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikalariga servis xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga – 1000 kv.m dan kam bo‘lmagan maydonga ega subyektlar, shuningdek, vulkanizatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlarga;

kimoviy tozalash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga;

notarial idoralar va sug‘urta kompaniyalarini faoliyat yuritishiga;

to‘xtab qolgan investitsiya loyihalari va ijtimoiy soha obyektlarini qurish ishlarini davom ettirishiga ijozat berilgani shular jumlasidan.

Koronavirus epidemiyasi sharoitida ushbu korxona va tashkilotlarni, savdo va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni faoliyat yuritishi hamda qator obyektlarda qurilish ishlarini davom ettirish sanitariya-epidemologiya talablari asosida belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev pandemiyaning aholi turmush tarziga, tadbirkorlar faoliyatiga va iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini yumshatish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishlari o‘tkazib, aniq vazifalar belgilab bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0