TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Andijonda yoʻlovchi talashgan haydovchilarning janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, 23 aprel kuni 22 yoshli M.Q. Shahrixon tumani Qoʻrgʻoncha maxallasida 27 yoshli D.J. bilan avtomashinalarida yoʻlovchi tashish navbati masalasida janjallashib qolgan.
Oʻzaro janjal oqibatida M.Q. xoʻjalik pichogʻi bilan D.J.ga tan jarohati yetkazadi. Natijada D.J. tuman markaziy shifoxonaga olib borilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (badanga qasddan ogʻir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda M.Q. gumon qilinuvchi sifatida ushlangan va tergov harakatlari olib borilmoqda.