Buxoro va Toshkentda 56 nafar bemor to‘liq sog‘aydi

© Press-slujba MinzdravaV Uzbekistane vizdorovelo yeshe chetire patsiyenta s koronavirusom
V Uzbekistane vizdorovelo yeshe chetire patsiyenta s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tuzalganlarning aksariyati Rossiyadan charter reys orqali qaytganlar. Ular orasida 5 yoshli bola ham bor.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Buxoro viloyatida bir yo‘la 50, Toshkent shahrida esa 6 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liq saqlash vazirligi xabar qildi.

Buxoroda kasalxonadan javob berilganlarning 44 nafari Rossiyadan, 6 nafari esa Turkiyadan  charter reyslar orqali Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Ularning eng yoshi kattasi 59, eng yoshi kichigi 5 yoshda.

Baxrom Almatov - Sputnik O‘zbekiston
Almatov necha kishi ustidan tibbiy nazorat davom etayotganini ma’lum qildi

Shuningdek, poytaxtdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 5 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 1 nafar bemor butkul sog‘aydi.

Ulardan 2 nafari Moskva – Toshkent yo‘nalishida charter reys orqali kelishgan. Qolgan 3 nafari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 26 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida sog‘aygan 42 yoshli bemor (erkak) Toshkent shahridan bo‘lib,  koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Tuzalganlarning barchasi sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shu tariqa, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 763 nafarga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0