TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Tojikiston hukumati vaqtinchalik xorijga ayrim mahsulotlar eksportini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda Dushanbe shahri maʼmuriyati matbuot xizmati xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, qaror bilan barcha turdagi dukkakli oʻsimliklar, jumladan, bugʻdoy, guruch, noʻxat, mosh, tuxum, kartoshka va barcha turdagi goʻsht mahsulotlarini xorijga eksport qilish taqiqlanadi.
Mamlakatda kinoteatr va teatrlar ham oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatib qoʻyadi.
Shuningdek, 27 apreldan 10 maygacha mamlakatdagi barcha bogʻcha va maktablarda vaqtinchalik taʼtil eʼlon qilingan.
Sputnik Tojikiston nashrining maʼlum qilishicha, bu koronavirus tarqalishining oldini olish uchun taʼlim muassalarida dezinfektsiya ishlarini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.
Bundan tashqari, mamlakatda miting, sport kabi har qanday ommaviy tadbirlar oʻtkazilishi taqiqlanadi.
Tojikiston rasmiylari xabariga koʻra, mamlakatda koronavirus infektsiyasi qayd etilmagan.