Turkiya o‘zbek mahsulotlarining to‘siqsiz tranziti uchun qulay sharoit yaratishni ko‘rib chiqadi

© Sputnik / Vladimir Kornev / Mediabankka o‘tishGruzoviki na granitse
Gruzoviki na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan transport sohasidagi hamkorlik masalalarini ham muhokama qildi.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov telekonferensiya aloqa orqali Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan suhbatlashdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, suhbatda o‘zaro kelishuvlarning amalga oshirilishi, ikki tomonlama ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, pandemiyaning ikki mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar istiqbollari yuzasidan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

“Muzokara davomida transport sohasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi, turk tomoni o‘z hududi orqali o‘zbek mahsulotlarining uzluksiz va to‘siqsiz tranziti uchun eng qulay sharoitlarni yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishini bildirdi. Shu maqsadda Turkiya chegarasida o‘zbek tovarlarining to‘planishi va kechikishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ikki davlat transport vazirlari darajasida muntazam maslahatlashuvlar mexanizmi ishlab chiqiladi”, - deyilgan xabarda.

Amalga oshirilishi boshlab yuborilgan investitsion tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha o‘zaro faol hamkorlik davom ettiriladi. Shu nuqtayi nazardan, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashishi bilan kelishilgan loyihalarni amalga oshirish maqsadida turk kompaniyalari rahbarlari va soha mutaxassislarining O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan podpisali rad sovmestnix dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Turkiya: qanday muhim hujjatlar imzolandi

O‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar kelishib olindi. Ushbu yo‘nalishda Preferensial savdo to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar yanada faollashtiriladi. Ikki tomonlama muzokaralar onlayn-sessiyalar shaklida o‘tkaziladi, epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so‘ng masalalarni batafsil muhokama qilish hamda yaqin orada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi yillik tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadida idoralararo o‘zaro hamkorlik aniq mexanizmlarini ishlab chiqish uchun ikki mamlakat tashqi savdo idoralari rahbarlari darajasida ishchi tashriflar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi doirasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Turk tomoni ushbu tashabbusni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirdi va bu borada zarur texnik va maslahat yordami ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Yaqin orada ikki davlat soha mutaxassislarining o‘zaro hamkorligi onlayn tizimda boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0