Rossiyada 900ga yaqin harbiylar koronavirusga chalindi  

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishAvtomobilniy kompleks aerozolnoy dezinfeksii
Avtomobilniy kompleks aerozolnoy dezinfeksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
COVID-19 infeksiyasi Rossiya harbiy oliy o‘quv yurtlarining 779 nafar kursantlarda va o‘qituvchilarida ham aniqlangan. 

TOShKENT, 26 apr – Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi mart oyidan aprelning ikkinchi yarmiga qadar 874 nafar harbiylarda koronavirus infeksiyasi aniqlanganini xabar qildi. 

Ulardan 314 nafari Mudofaa vazirligi shifoxonalarida, 175 nafari - xizmat joylaridagi izoliyatorlarda, 379 nafari uy sharoitida davolanayotgani va 6 nafari shifoxonalarda davolayotgani aytib o‘tildi. 

Undan tashqari COVID-19 infeksiyasi Mudofaa vazirligi oliy o‘quv yurtlarining 779 nafar kursantlarda va o‘qituvchilarida ham aniqlangan. 

Mudofaa vazirligi may oyidagi chaqiriq 6-maydan so‘ng boshlanishini va barcha yangi askarlar dastlab 2 haftalik karantindan o‘tishini xabar qildi. 

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 81 mingdan oshgan. Ulardan 6767 nafari sog‘ayib ketdi, 747 kishi vafot etdi. 

Yangiliklar lentasi
0