Jamiyat

Oʻzbekistonda uy sharoitida karantinda saqlash tartibi belgilandi

© Informatsionnaya slujba GUBDD MVD RUzKarantin v Uzbekistane
Karantin v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning karantin muddati davomida uylarni tark etishlari qatʼiyan man etiladi. Ular har kuni 2 mahal koʻrikdan oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Hukumat qarori bilan Koronavirus infektsiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Karantin - qirq kun - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Karantin qanday paydo boʻlgan va necha kun davom etishi kerak?

Nizomga koʻra, koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan shaxs aniqlanganda sanitariya-epidimiologik osoyishtalik markazlari hamda hududiy ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan darhol koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda boʻlganlarning roʻyxati shakllantiriladi.

Ichki ishlar organlari Milliy gvardiya organlari bilan hamkorlikda darhol muloqotda boʻlgan shaxslarning roʻyxatida koʻrsatilgan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirilishi va saqlanishini taʼminlaydi.

Muloqotda boʻlgan shaxslar 14 kun davomida yoki ularning sogʻligʻi holatiga koʻra sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida uy sharoitida karantinga olinadi.

Muloqotda boʻlgan shaxs uy sharoitida karantinga olinganda u bilan bir uyda yashovchi barcha shaxslar karantinga olinadi.

Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning karantin muddati davomida uylarni tark etishlari qatʼiyan man etiladi, ularga kechiktirib boʻlmaydigar tez tibbiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.

Uy sharoitida karantinga olingan shaxs bilan bir uyda boʻlgan boshqa shaxslar orasida koronavirus infektsiyasi aniqlangan taqdirda, qolgan shaxslar uchun karantin muddati qaytadan boshlanadi.

Nadpis Karantin - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Endi 10 yilgacha: karantin qoidasini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi

Uy sharoitida karantinga olingan shaxslar karantin muddati davomida tibbiyot xodimlari tomonidan har kuni 2 mahal koʻrikdan oʻtkaziladi. Bunda birinchi koʻrik soat 9:00 gacha, ikkinchi koʻrik 16:00 gacha amalga oshirilishi lozim.  

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan haftada bir marotaba karantinga olingan uyning (xonadonning) tevarak-atrofida dezinfektsiya tadbirlari oʻtkazilishi taʼminlanadi.

Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarda karantin muddatida koronavirus infektsiyasi aniqlanmasa, ularni uy karantinidan chiqarish boʻyicha sogʻliqni saqlash organlari tomonidan qaror qabul qilinadi. 

Yangiliklar lentasi
0