Pentagon noma’lum uchar jism parvozi aks etgan videoni rasman e’lon qildi

© AP Photo / John LocherUkazatel na trasse 375 (shosse NLO), vedushey k Zone 51 v Nevade, SShA
Ukazatel na trasse 375 (shosse NLO), vedushey k Zone 51 v Nevade, SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pentagon noma’lum uchar jismning parvozi aks etgan videoni o‘z saytida joylashtirdi. Video 2004 va 2015-yilda tasvirga olingan.

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Pentagon noma’lum uchar jism parvozi aks etgan videoni o‘z saytida joylashtirdi. Lavha 2004-yil noyabr va 2015-yil yanvar oyida jangovar samolyotlar ekipaji tomonidan tasvirga olingan.

Ushbu yozuvda noma’lum uchar obyektlarni ko‘rish mumkin, ular tashqi tuzilishidan na samolyotga, na vertolotga yoki boshqa ma’lum apparatlarga o‘xshamaydi.

"Mudofaa vazirligi ushbu videolavhalarni ommaga namoyish etishda videoning haqiqiyligi yoki boshqa biron bir narsa ekanligi to‘g‘risida noto‘g‘ri tushunchalarni aniqlashtirish maqsadida videolarni e’lon qiladi. Videolarda kuzatilgan uchar obyektlar hanuzgacha "noma’lum" deya tavsiflanadi”,  - deyilgan Pentagon bayonotida.

Hill nashrining yozishicha, Mudofaa vazirligi videolarni nashr etish mumkin deb hisoblagan, chunki ularda maxfiy ma’lumot yo‘q. Ma’lumotlarni oshkor etilishi noma’lum uchar obyektlarni keyingi o‘rganishlarga ta’sir qilmaydi. Britaniyaning Guardian gazetasi, aksincha, oshkor etish bunga  qonuniylikni berib, shu orqali "insonlarning yaqinda yerdan tashqari mavjudotlar bilan aloqalari to‘g‘risida ko‘proq mish-mishlarni keltirib chiqaradi".

Yangiliklar lentasi
0