"Armeniya" kemasining 1941-yilning kuzidagi halokati: dengizdagi eng ko‘lamli fojia tarixi

© Public domain Sovetskoe gospitalnoe sudno "Armeniya"
 Sovetskoe gospitalnoe sudno Armeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1941 yilning kuzida Qrim qirg‘oqlari yaqinida nemis aviatsiyasi tomonidan "Armeniya" gospital kemasining yo‘q qilinishi – bemuddat harbiy jinoyatdir. Bu Sovet Ittifoqi Ikkinchi Jahon urushida qanday dushmanni va nima evaziga mag‘lubiyatga uchratganini ko‘rsatuvchi yorqin dalil ham

Deyarli qurolsiz kema bortida o‘n mingga yaqin odam bo‘lgan - yaralangan Qizil Armiya askarlari, tibbiyot xodimlari, ayollar va bolalar. Faqatgina sakkiz kishi qutqarilgan.

© Sentr podvodnix issledovaniy RGOZatoplenniy v Chernom more nemsami v 1941 godu teploxod "Armeniya"
Armeniya kemasining 1941-yilning kuzidagi halokati: dengizdagi eng ko‘lamli fojia tarixi - Sputnik O‘zbekiston
Zatoplenniy v Chernom more nemsami v 1941 godu teploxod "Armeniya"

Rossiya Geografik jamiyati 27-aprel kuni: "Qora dengiz tubida "Armeniya" kemasi topildi. Kema 1500 metr chuqurlikda, Yalta sohilidan 15 dengiz mili (taxminan 28 km) masofada joylashgan", deya xabar beradi. Rossiya Mudofaa vazirligi va Rossiya Geografik jamiyatining hamkorlikdagi ekspeditsiyasi natijasini baholash juda murakkab.

Amerikanskaya podvodnaya lodka vsplila radom s rossiyskoy bazoy v Arktike - Sputnik O‘zbekiston
AQSh suv osti kemasining namoyishkorona muzni yorib chiqishi biroz o‘xshamay qoldi

Izlash ishlari 35-yildan ortiq davom etdi. Markaziy harbiy-dengiz arxividagi "Armeniya" kemasi fojiasi bilan bog‘liq №19 ish "davlat siri" bo‘lib,1940 yillarning oxirida maxfiylashtiriladi va tadqiqotchilar undan foydalana olmaydilar. Faqatgina 1991-yilga kelib Qora dengiz flotining Tibbiy xizmat muzeyida yagona geografik ma’lumot topiladi - bu Ayiq tog‘i hududidagi Gurzuf qishlog‘i yaqinida yuz bergan havo hujumi haqida ma’lumot edi.

Biroq, dengizning ushbu hududda o‘ta chuqurligi va tubining murakkab relyefi qidiruvni ancha qiyinlashtirardi. Hatto "Titanik" va "Bismark" kemalarini izlab topgan amerikalik mashhur Robert Ballard ham o‘zidagi yuqori texnologiyali uskunalar bilan "Armeniya"ni topa olmadi. Albatta, uzoq muddat davom etgan tinimsiz qidiruvlar kema bortida qolib ketgan Qrim muzeylari xazinalari bilan emas, balki eng avvalo xotira va burch bilan izohlanar edi.

Gospital transport halokati tarixdagi dengizda yuz bergan eng ko‘lamli fojialardan biri hisoblanadi. Taqqoslash uchun, "Titanik"da 1500 ga yaqin yo‘lovchi va Germaniyaning "Bismark" kemasida 2100 dan ortiq harbiy dengizchilar halok bo‘lgan.

© Sentr podvodnix issledovaniy RGOZatoplenniy v Chernom more nemsami v 1941 godu teploxod "Armeniya"
Armeniya kemasining 1941-yilning kuzidagi halokati: dengizdagi eng ko‘lamli fojia tarixi - Sputnik O‘zbekiston
Zatoplenniy v Chernom more nemsami v 1941 godu teploxod "Armeniya"

"Armeniya" ning insoniy yo‘qotishlari ushbu raqamlardan ancha farqli (7 dan 10 minggacha haloq bo‘lganlar, aniq raqam ma’lum emas).

Sharoitni inobatga olgan holda, sanitar kemasining fojiasi - kitoblar va filmlarda yoritilishga loyiqdir va bundan butun odamzot xabardor bo‘lishi kerak. Dunyo Ikkinchi Jahon urushining dahshatlari va qurbonlarini, Sovet Ittifoqining fashistik Germaniyani yutishda tutgan o‘rni haqida unutmasligi uchun.

Hech kim unutilmagan

"Armeniya" sanitar kemasining korpusi masofadan boshqariladigan suv osti apparati yordamida aniqlanganidan so‘ng, Novorossiysk harbiy-dengiz bazasi ruhoniysi protoiyerey Kirill ekipaj va yo‘lovchilar halok bo‘lgan joy ustida xotirlash marosimini o‘tkazdi. Shuningdek, harbiy sharaflar bajo keltirildi - gulchambar suvga tushirilib, zambarakdan uch marta o‘q uzildi.

Valeriy Timoshenko - Sputnik O‘zbekiston
MDH planetalararo kosmik kema ishlab chiqarishga qodir

"Odam dengizdan qo‘rqadi, chunki u dengiz ro‘parasida go‘yo Parvardigor qarshisida turgandek bo‘ladi" - bu so‘zlar Rossiya Harbiy-dengiz flotining dengiz Nizomidan ancha oldin paydo bo‘lgan qadimgi Pomor dengiz nizomidan keltirilgan. Dengiz ofati oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada va o‘ta xavfli, dengizdagi urush esa ikki baravar shafqatsizdir. Agar kema qirg‘oqdan uzoqda sovuq mavsumda falokatga uchrasa, muzli suvda odamlar halok bo‘lish hech gapmas.

1941 yil sentabr oyining oxirida nemis qo‘shinlari Perekopni qo‘lga olib, Qrimga kirishdi. Qizil Armiya Qora dengiz flotining asosiy bazasi bo‘lgan Sevastopolga janglar bilan qaytib bordi. Noyabr oyining boshlarida shaharni o‘qqa tutish va qamal qilish boshlandi, ammo yaradorlarni, ayollar va bolalarni dengiz orqali evakuatsiya qilish imkoni hali bor edi. Tajribali kapitan Vladimir Plaushevskiy boshchiligidagi "Armeniya" kemasi ekipaji aynan shu bilan shug‘ullangan.

AQSh Rossiyaga qarshi turish uchun robotlashtirilgan kemalar flotini yaratmoqchi - NI

Tinchlik davrida hajmlanishi 6000 tonna va uzunligi 112 metr bo‘lgan kema qulay kayutalarida 980 yo‘lovchigacha tashigan. 1941-yil yozida "Armeniya" kasalxonaga aylandi va avgust oyidan 15 reysda 15 ming yarador Qizil Armiya askarlarini Qrimdan Katta yerga olib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Urush yillarida Qora dengizda bunday qayta jihozlangan kemalar 412 mingdan ko‘proq odamni evakuatsiya qildi.

So‘nggi reysga sanitariya kemasi 6-noyabr kuni Sevastopoldan Tuapsega 300 ga yaqin yaradorlarni, to‘rtta harbiy gospitalning tibbiy xodimlari va bir necha ming fuqaroni tashish uchun jo‘nab ketdi. Yaltada "Armeniya" tunda bortiga yana bir necha yuz kishini olib, 7-noyabr kuni ertalab ikkita patrul qayiqlari bilan Kavkaz tomon jo‘nadi. Qrim qirg‘og‘idan 15 mil masofada kemaga Lyuftvaffening Heinkel-111 samolyoti hujum qildi (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra - Junkers 87). Qora dengiz flotining patrul katerlari va sanitariya kemasidagi to‘rtta zenit qurollari bomba va torpedalar zarbalaridan saqlab qololmadi. Vayron juda katta edi, "Armeniya" to‘rt daqiqada suv ostiga cho‘kdi. Noyabrning qo‘rg‘oshinday to‘lqinlarida ko‘plab minglab odamdan faqat sakkiztasi mo‘’jizaviy tarzda omon qoldi.

Britanskaya submarina - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya atom suv osti kemasi harbiylari kokain uchun qo‘lga olindi - OAV

Ikkinchi Jahon urushi davrida xalqaro huquq qizil xoch belgisi bor kasalxona-kemaga o‘t ochishni taqiqlagan, ammo nemis uchuvchilari barcha qoidalarga bepisand qaragan. Gitler qo‘shinlari Qizil Armiya va tinch aholini batamom yo‘q qilishga urush olib borishgan. Rossiyada buni unutishmagan va mamlakatning Qora dengiz chegaralari mudofaasini doimiy ravishda kuchaytirish nafaqat zamonaviy chaqiriqlarga va milliy xavfsizlikka tahdidlarga tezkor javob berish, balki tarixiy xotirani aks ettirishdir.

"Armeniya" xaritalarda qoladi

1928 yilda Baltika kemasozlik zavodida ishga tushirilganidan so‘ng Armeniya Qora dengizning eng yaxshi yo‘lovchi kemalarining oltiligiga kirdi. Go‘zal va mustahkam kema 14,5 uzel (taxminan 27 km/soat) tezlikda  uzoq safarlarga (4600 milya) mo‘ljallangan bo‘lib, 96 kishilik kattagina ekipajga ega edi. Dengizchilar har bir kema yoki qayiq o‘z ko‘ngli va sezilarli va buzilmas "tarkibiy elementlari" bor gavdaga ega bo‘lishini bilishadi. Ehtimol shuning uchun, Armeniya bugungi kunda halokatidan 79-yil o‘tgach ham, yonboshiga ag‘darilmasdan tikka turipti. Garchi kema tuzilmalari va yuqori qavatlari dahshatli havo hujumi izlari qolgan bo‘lsa ham – leyer to‘siqlari va boshqa vertikal elementlar portlash natijasida shunchaki tashqariga bo‘rtib ketgan.

Illyustratsiya budushey amerikanskoy podlodki klassa Columbia - Sputnik O‘zbekiston
Birgina suv osti kemasi Amerikani "odam yashamaydigan" qilishi mumkin - OAV

Lekin bu bilan voqea tugamaydi. "Armeniya" kemasining topilgan korpusi harbiy dafn joyi deb e’lon qilinadi, koordinatalari shimoliy kenglikdagi 44 gradus 15 minutlik, sharqiy uzunlikdagi 34 gradus 17 minut bshlgan nuqta dengiz xaritalariga kiritiladi. Shundan keyin, Rossiya HDFning barcha kema va qayiqlari bu yerdan o‘tayotib o‘z bayroqlarini tushiradilar va Vatanning haloq bo‘lgan himoyachilariga harbiy sharaflar keltiradilar.

2020 ekspeditsiyasining natijalari "Armeniya"ning so‘nggi kunini to‘liq tiklashga imkon beradi. Rossiya geografik jamiyatining suv osti tadqiqotlari markazi kema taqdiri haqida hujjatli film tayyorlamoqda.

Bir yarim kilometrlik chuqurlik "Armeniya" bortida haloq bo‘lgan bir necha ming kishining tinchligini xazina yoki shov-shuv qidiruvchilarning jinoiy hurujlaridan saqlashga yordam beradi. RF Mudofaa vazirligi va Rossiya geografik jamiyatining izlovchilari esa o‘z ishlarini davom ettiradilar, chunki Ikkinchi Jahon urushining barcha sirlari hali ham ochilmagan.

Yangiliklar lentasi
0