Tojikiston familiyalardagi slavancha suffikslardan voz kechmoqchi

Obuna bo‘lish
Tojikiston parlamentining quyi palatasi "Fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida" gi qonunga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi hujjatni qabul qildi.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik.  Tojikiston parlamentining quyi palatasi "Fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida" gi qonunga milliy familiyalarga bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirishlarni qabul qildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston parlament axborot markaziga asosan xabar qildi.

Flag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
BSST Tojikiston va Turkmanistonni COVID-19 yo‘qligiga tekshiradi

Yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, endi tug‘ilgan bolalar familiya va otasining ismini hujjatlarda rasmiylashtirish jarayonida slavan suffikslardan voz kechiladi. Xususan, tojik familiyalari - "-ov", "-ova", "-yev", "-yeva" deb tugallanishi kerak emas, otasining ismida esa "-ovich", "-ovna", "-yevich", "-yevna" suffikslar yozilmaydi.

O‘zgarishlar faqatgina qabul qilinganidan keyin yangi tug‘ilgan bolalarga tegishli, ulardan oldin tug‘ilganlar o‘zlarining ma’lumotlarini to‘g‘rilashi shart emas.

Parlament a’zolari oldida adliya vaziri Muzaffar Ashuriyon va deputat Soleha Xolmahmadzoda yangi o‘zgarishlarni tushuntirib berdi.

Ashuriyon hukumat tomonidan taklif qilingan qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar "milliy nomlarni tiklanishi" bilan izohlanganini tushuntirdi.

Qonunga kiritilgan o‘zgarishlarga, odatiy bo‘lib qolgan "-i", "-zod", "-zoda", "-on", "-yon", "-yor", "-niyo" i "– far" suffikslarga, "– pur" (erkak), "– duxt" (ayol) suffiksi qo‘shildi.

Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon i mer goroda Dushanbe Rustam Emomali - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda muhim o‘zgarish: Rahmonning o‘g‘li yuqori lavozimga saylandi

Vazir ta’kidlashicha, bu holatda Tojikistonda istiqomat qiluvchi boshqa millat vakillari uchun istisno, ular yangi tug‘ilgan farzandlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda qaysi familiya va otasining ismi qo‘shimchalarini tanlash huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Tojikiston fuqarolariga bolalarining ismlari va otasining ismlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda slavan qo‘shimchalarini ishlatmaslik tavsiya qilingan edi.

Bunday tashabbusni mamlakatda birinchilardan bo‘lib Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon boshlab berdi. Jumladan, 2007-yilda prezidentning mamlakat ziyolilari vakillari bilan an’anaviy uchrashuvida Emomali Rahmonov o‘zini Emomali Rahmon deb atash to‘g‘risida qarorni e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0