Dunyoda

Afgʻonistonda 12 mingdan ziyod mahbuslar qamoqdan chiqariladi 

© REUTERS / Omar SobhaniAfganskiye jenщinы v ojidanii vыdachi pomoщi ot pravitelstva Afganistana v Kabule
Afganskiye jenщinы v ojidanii vыdachi pomoщi ot pravitelstva Afganistana v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus epidemiyasi tufayli Afgʻoniston hukumati barcha mahbuslarni qamoqxonalardan chiqarishga qaror qildi.

TOSHKENT, 30 apr - Sputnik. Koronavirus pandemiyasi tufayli Afgʻonistonning Hirot shahrida 500ga yaqin mahbus qamoqdan chiqarildi, deb xabar qilmoqda RT.

Telekanal tomonidan eʼlon qilingan videolavhada mahbuslarga ularning hujjatlari va shaxsiy buyumlari topshirilib uylariga javob berilmoqda. 

"Koronavirus epidemiyasi tufayli hukumat 500ga yaqin mahbuslarni qamoqdan ozod qildi. Undan tashqari biz dezinfektsiya choralari, ijtimoiy masofa saqlash va ommaviy tadbirlarni bekor qilish kabi choralarni koʻrayapmiz. Hukumatining mamlakat boʻyicha jami 12 299 nafar mahbuslarga javob berish rejalashtirilgan", - dedi Hiroy qamoqxonasi boshligʻi Mayvand Samadi.  

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi xabarlarga koʻra Afgʻonistonda 2 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlangan. Ulardan  250 nafari tuzalib ketgan  60 nafari vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala