Jamiyat

Deputatlar bir necha yillik ogʻriqli masalaga nuqta qoʻydi

© Sputnik / Yuliya Chestnova / Fotobankka oʻtishOformleniye vremennoy propiski
Oformleniye vremennoy propiski - Sputnik Oʻzbekiston
Deputatlar Toshkentda propiska masalasini tartibga soluvchi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi.

TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar Toshkent va Toshkent viloyatida propiska masalasini tartibga soluvchi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qildi.

Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga koʻra, “doimiy propiska” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlariga almashtirilmoqda.

Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Turar joyida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi 1 sentyabrdan oʻzgaradi - prezident qarori

Bundan tashqari aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga, balki ularning egaligida boʻlgan uy-joy maydoniga ham doimiy roʻyxatga turish imkoniyati berilmoqda.

Er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda propiskani yoʻqotishiga doir qoidalar bekor qilinyapti. Qolaversa, er-xotinga ular nikohdan oʻtgan kunning oʻzida yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatga qoʻyish huquqi berilmoqda.

Davlat hokimiyati organlarida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida hamda boshqa davlat tashkilotlarida uzluksiz besh yil va undan ortiq boʻlgan davr mobaynida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari) tegishli organ yoki tashkilot rahbarining maʼlumotnomasiga koʻra, shuningdek, ularning oila aʼzolariga doimiy roʻyxatga turish boʻyicha yangi band kiritilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala