General-mayor MDHda 9-may tantanalari haqida: xotira bizni birlashtiradi

© predostavleno press-slujboy "Ofitserov Rossii" Sergey Lipovoy
Sergey Lipovoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, harbiy samolyotlarning namoyish parvozlari yosh avlodda katta qiziqish uyg‘otishi mumkin.

Bugungi kundagi vaziyatga qaramay, 9-may kungi Rossiyadagi paradni MDH mamlakatlari ham qo‘llab-quvvatlaydi. “Ofitseri Rossii” umumrossiya tashkiloti prezidiumi raisi, Rossiya qahramoni, general-mayor Sergey Lipovoyning so‘zlariga ko‘ra, barchani birlashtiradigan jihat shu.

"Havo paradlarini quruqdaliklarsiz o‘tkazish - parad ishtirokchilarini, ayniqsa faxriylarni xavf ostiga qo‘ymaslik imkonini beradi", - dedi Lipovoy Sputnik radiosi efirida.

Voyennoslujashie vo vremya voyennogo parada v Moskve, posvashonnogo 72-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945 godov - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya tufayli 9-mayda G‘alaba paradi o‘tkazilmaydi

Uning fikricha, havo paradining formati, shuningdek, Rossiya armiyasining qudratini namoyish etish imkonini beradi.

General-mayor shuningdek, harbiy samolyotlarning namoyish parvozlarini o‘tkazish yosh avlodda qiziqish uyg‘otishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, 9-may kuni O‘zbekiston butun dunyo bilan birgalikda zamonaviy tarixdagi eng muhim sana - fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlaydi. Respublikada 9-may - Xotira va qadrlash kuni.

Fashizmga qarshi kurashda 420 mingga yaqin o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi, frontga esa respublikaning bir yarim million fuqarosi ketgan.

O‘zbekiston u voqealar xotiralariga hurmat bajo keltiradi, har yili davlat va jamoat tashkilotlari urush faxriylari va front orti mehnatkashlarini qutlaydi. Bundan tashqari, hech biri e’tiborsiz qolmasligi maqsadida faxriylarga manzilli yordam amalga oshiriladi.

General-mayor Lipovoy o paradax Pobedi v SNG: pamat nas obyedinyayet
Yangiliklar lentasi
0