Dunyoda

Xitoy AQShning koronavirus epidemiyasi boʻyicha dagʻdagʻalariga javob qaytardi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishStranы mira. Kitay
Stranы mira. Kitay  - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq Amerika yetakchisi Donald Tramp COVID-19 pandemiyasi tufayli Xitoy uchun turli oqibatlarni koʻrib chiqayotganini maʼlum qilgan edi.

TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. AQSH uning dushmani Xitoy emas, virus ekanini tushunmogʻi lozim, deya bayonot qildi XXR TIV vakili Gen Shuan.

Laboratoriya Invitro nachala testirovaniye na koronavirusnuyu infektsiyu  - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus oʻpkada bemor sogʻaygandan soʻng ham "yashirinishi" mumkin — olimlar

Sal oldin Reyter agentligiga bergan intervyusida amerika yetakchisi Donald Tramp COVID-19 pandemiyasi tufayli Xitoy uchun turli oqibatlarni koʻrib chiqayotganini maʼlum qilgan edi.

"Javobgarlik masalasiga keladigan, biz bir emas, bir necha marotaba virus - insoniyat uchun umumiy dushman ekanligini aytganmiz. Xitoy ham jabr chekkan tomon sanaladi, u AQSH oʻylagani kabi virusning "hamtovogʻi" emas", — deya izoh bergan Gen Shuan.

XXR TIV vakili, shuningdek, jahon sogʻliqni saqlash sohasida yuz berayotgan inqiroz yuzi oldida xalqaro hamjamiyat birlashib, ushbu muammoni birgalikda yengishi lozimligini qayd etdi.

Vizit ministra glavы MID RF S. Lavrova v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Lavrov COVID-19 pandemiyasining yuzaga kelishi versiyalari haqida fikr bildirdi

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Tramp bir necha bor Vashingtonda koronavirus Uxan laboratoriyasida yuzaga kelgan, degan versiyani istisno etmayotgani haqida gapirgan edi. AQSH prezidenti agar u yerda ongli ravishda virus epidemiyasiga yoʻl qoʻyilgani aniqlangudek boʻlsa, Pekinga "yomn oqibatlar" bilan dagʻdagʻa qilgan edi. Xitoy TIV bunga javoban avval boshdanoq ochiq pozitsiya qoʻllanilgani, hech qanday maʼlumot yashirilmaganini taʼkidladi.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda yer yuzida koronavirusga chalinganlar soni 3 milliondan ortgan, ularning 208 mingga yaqini vafot etgan. Amerikaning Jon Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, koronavirusga chalinganlar soni yer yuzida 3,2 milliondan ortiq, qurbonlar soni esa 228 mingtadir.

Ayni vaqtda kasallanganlar va qurbonlar soni boʻyicha birinchilikda AQSH turibdi, undan keyingi oʻrinlarda Ispaniya, Italiya, Frantsiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya kelmoqda. Rossiya Eron va Xitoyni quvib oʻtib, sakkizinchi oʻrinni band etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala