Koronavirus oʻpkada bemor sogʻaygandan soʻng ham "yashirinishi" mumkin — olimlar

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishLaboratoriya "Invitro" nachala testirovaniye na koronavirusnuyu infektsiyu
Laboratoriya Invitro nachala testirovaniye na koronavirusnuyu infektsiyu  - Sputnik Oʻzbekiston
Olimlar fikricha, aynan shu holat nega ushbu kasallik sogʻaygan bemorlarda takrorlanishi sababini izohlaydi

TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Koronavirus organizmda sogʻaygandan keyin ham qolishi mumkin, bu Xitoyning Chuntsin shahrida joylashgan Armiya tibbiyot universiteti olimlari tomonidan aniqlandi, deb yozadi South China Morning Post.

Laboratoriya NII skoroy pomoщi imeni N.V. Sklifosovskogo  - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus umr davomiyligiga qanday taʼsir koʻrsatadi?

Maʼlum boʻlishicha, COVID-19 infektsiyasiga chalinganlarning oʻpkasida virus oʻta chuqurlikda saqlanib qoladi va uni oddiy test tizimi yordamida aniqlashning imkoni yoʻq.

Misol tarzida uch marta analiz topshirgan va uch marta ham test uning organizmida "kovid" yoʻqlini koʻrsatgan ayol keltirilgan. Shu bilan ayol kasalxonadan chiqishga tayyorlangan, ammo ertasi kuni yurak xuruji tufayli vafot etgan.

Ayol jasadi yorib koʻrilgach, koronavirus qismlari oʻpkaning chuqur toʻqimalarida mavjudligi aniqlangan. Shu bilan birga ayolda hech qanday simptomlar kuzatilmagan.

Olimlarning fikricha, sogʻaygan odamlarda koronavirus takrorlanishi holatlariga aynan shu holat bilan izoh berish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala