Dunyoda

Moskvada politsiya migrant haydovchi boshqaruvida boʻlgan taksiga oʻq uzdi

© Sputnik / Vladimir Baranov / Fotobankka oʻtishRabota sotrudnikov GIBDD v Moskve
Rabota sotrudnikov GIBDD v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Moskvada markaziy osiyolik taksi haydovchisi karantin qoidalarini buzib, politsiyadan qochib ketmoqchi boʻldi.

TOSHKENT, 30 apr - Sputnik. Moskvada politsiya bilan poyga uyushtirgan taksi haydovchisi qoʻlga olindi, deb xabar qilmoqda shahar politsiyasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga koʻra, politsiya xodimlari ichida bir nafar yoʻlovchi boʻlgan Hyundai Solaris rusumli taksi avtomobilini toʻxtatishgan, lekin haydovchi ularning talabiga boʻy sunmay qochib ketishga uringan. 

Politsiya taksi ortidan quvishga va oxir oqibat avtomobil gʻildiragiga oʻq uzishga majbur boʻlgan. Qochish jarayonida taksi haydovchisi yoʻl-harakati  qoidalarini buzib boshqa haydovchilarni xavf ostiga qoʻygan. 

Ayni damda taksi haydovchisiga nisbatan qonunbuzarlik toʻgʻrisida bir necha protokollar tuzilgan, shuningdek uning oʻzi va yoʻlovchi Moskvada joriy etilgan oʻz-oʻzini yakkalash tartibini buzishda ham ayblanishmoqda. Haydovchi 5 sutkaga hibsga olingan avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala