Iqtisod

OTB: Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisod aql bovar qilmas darajada pasayishini prognoz qildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFlagi tsentralnoaziatskix gosudarstv
Flagi tsentralnoaziatskix gosudarstv - Sputnik Oʻzbekiston
OTB sal ilgariroq pandemiya tufayli Oʻzbekiston iqtisodidagi oʻsish pasayishini prognoz qilgan edi. OTB shu bilan birga, mamlakat hukumati iqtisodni imkon qadar tezroq tiklash boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrayotganini taʼkidlab oʻtgan

TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Koronavirus pandemiyasi tufayli Markaziy Osiyo mintaqasida  iqtisodiy pasayish koʻlami aql bovar qilmas darajada boʻladi.

Olen u magazina v gorode Nara, Yaponiya  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yaponiya jahon iqtisodiyotida urushdan keyingi eng kuchli inqirozni bashorat qilmoqda

Bu haqda Osiyo taraqqiyot banki dokladida aytilgan.

Ekspertlar taʼkidiga koʻra, respublikalar, shu jumladan, Oʻzbekistonni direktiv organlari va markaziy banklari mintaqa iqtisodini pandemiya avj olgan bir sharoitda bir tekisda ushlab qolish uchun qatʼiy choralar qabul qilishlari lozim boʻladi.

Shu bilan birga, COVID-19 va oʻtgan oyda joriy etilgan koʻplab cheklovlar jami dunyo iqtisodiga juda jiddiy taʼsir koʻrsatib, joriy yilda bu borada pasayish kuzatiladi, deyiladi dokladda.

"COVID-19 epidemiyasi 2020 yilda jahon iqtisodini jiddiy retsessiyaga olib keladi. Mart oyi boshidan pandemiya Afgʻoniston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston Respublikasi, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonni oʻz ichiga olgan Markaziy va Gʻarbiy Osiyo boʻylab tez surʼatlarda tarqaldi", — deydi mutaxassislar.

Hozirda mintaqalar majburan kiritilgan cheklov choralari oqibatlariga roʻbaro boʻlmoqda.

Tovar tashish, turizm, pul oʻtkazmalari va moliyaviy oqimlarni oʻz ichiga oluvchi global va regional aloqalarning izdan chiqishi, shuningdek ichki ishlab-chiqarishning qisqartirilishi - bularning barchasi iqtisodga taʼsir etmasdan qolmaydi, deya qayd etadi ekspertlar.

Shu bilan birga OTB respublika hukumati respublikalar hukumatlari oʻz ilohot dasturlarini qoʻllab-quvvatlash va iqtisodni qayta tiklash uchun ketadigan vaqtni qisqartirish uchun bor muhim va zarur choralarni koʻrayotganliklarini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala