Iqtisod

Oʻzbek avtosanoati epidemiya sharoitida qanday yoʻl tutmoqda

© Press-slujba AO "Uzavtosanoat""Uzavtoprom" v period karantina
Uzavtoprom v period karantina - Sputnik Oʻzbekiston
Joriy yilning birinchi choragi yakunlariga koʻra, "UzAuto Motors" AJ yengil avtomobillar ishlab chiqarishi oʻtgan yilning birinchi choragiga nisbatan 27,1 foizga oʻsib, 73,5 ming donani tashkil etdi.

TOSHKENT, 30 apr - Sputnik. Koronavirus tarqalishiga qarshi kurash sharoitida Oʻzbekiston korxonalari oldida yangi vazifalar turdi: ishchilar va mijozlarning epidemiologik xavfsizligini taʼminlash, xodimlarni minimal miqdorda jalb qilingani holatida kompaniyaning samaradorligini oshirish va umumiy karantin davrida mijozlarning ehtiyojlariga moslashuvchan yondoshish. Sputnik Oʻzbekiston materialida "Oʻzavtosanoat" AJ avtomobilsozlik kompaniyasi ushbu vazifalarni qanday bajara olishi haqida.

Chevrolet Malibu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
UzAuto karantinda Tracker va Malibu xarid qilishni taklif qilmoqda

Bugungi kunda bu Oʻzbekistondagi eng yirik korhonalardan biridir. Uning tarkibiga 80 dan ortiq yirik va kichik korxonalar kiradi, ularda 27 mingdan ortiq kishi ishlaydi.

16 aprel kuni boʻlib oʻtgan kimyo, qishloq xoʻjaligi va avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishga bagʻishlangan videoselektr yigʻilishida davlat rahbari avtomobilsozlik pandemiyadan eng koʻp zarar koʻrgan sohalardan biriga aylanganini taʼkidladi. Bunday sharoitda korxonalarning barqaror ishlashi uchun birinchi navbatda ichki bozorning imkoniyatlaridan foydalanish kerak.

Avtomobil sanoatiga COVID-19 pandemiyasining taʼsiri misli koʻrilmagan. Virusning tarqalishi va koʻrilgan karantin choralari tufayli koʻplab kompaniyalar turli xil qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Va bu esa global savdoga bevosita taʼsir qilmoqda, u sezilarli darajada pasayib ketdi, ishlab chiqarishni toʻxtatib turishga toʻgʻri kelmoqda.

Ishlab chiqarishni koʻpaytirish va ish joylarini saqlab qolish

Oʻzbekiston hukumati koʻmagi va avtomobilsozlik korxonalarining saʼy-harakatlari bilan «Oʻzavtosanoat» AJ ishlab chiqarish hajmini bir xil darajada ushlab turishga, shuningdek ish joylarini qisqartirishga yoʻl qoʻymaslikka muvaffaq boʻldi.

Joriy yilning birinchi choragi yakunlariga koʻra, "UzAuto Motors" AJda yengil avtomobillar ishlab chiqarish oʻtgan yilning birinchi choragiga nisbatan 27,1 foizga oʻsib, 73,5 ming donani tashkil etdi.

© Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Oʻzbek avtosanoati epidemiya sharoitida qanday yoʻl tutmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors

22 aprel holatiga, 15600 dan ortiq transport vositalari ishlab chiqarildi. Dunyo avtomobilsozlik sanoatida 30-40 foizga pasayish prognoz qilinishini hisobga olsak, bugungi kunda ishlab chiqarishni avvalgi darajada ushlab turish juda muhimdir.

Aholining majburiy oʻz-oʻzini yakkalashini hisobga olgan holda, kompaniya avtomashinalarni onlayn xarid qilish uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni, kreditlarni muloqotsiz olish usullari, boʻlib toʻlash va boshqa operatsiyalarni taklif qildi. Bundan tashqari, "UzAuto Motors" ning barcha dilerlik punktlari barcha sanitariya choralariga qatʼiy rioya qilgan holda anʼanaviy tarzda ishlamoqda. Joriy yil oxirigacha esa ichki bozor va chet el bozorlarida talabni oshirish va ragʻbatlantirishga qaratilgan qoʻshimcha vositalardan foydalanish rejalashtirilgan.

SHHV: "Oʻzavtosanoat" tomonidan ishlab chiqarilgan

Respublikaning valyuta resurslarini tejash maqsadida, shuningdek, aholi orasida shaxsiy himoya vositalarining (SHHV) tanqisligi sababli "Oʻzavtosanoat" tarkibiga kiruvchi "Uz Dong Yang Ko" MCHJ QK mutaxassislari tomonidan tez fursatda yuz qalqonlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyildi.

© Press-slujba AO "Uzavtosanoat"Kak uzbekskiy avtoprom vыrulivayet iz epidemii koronavirusa
Oʻzbek avtosanoati epidemiya sharoitida qanday yoʻl tutmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Kak uzbekskiy avtoprom vыrulivayet iz epidemii koronavirusa

Ular birinchi navbatda bugungi kunda birinchi chiziqda turgan odamlarga moʻljallangan: sogʻliqni saqlash organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari, supermarketlar sotuvchilari, koʻngillilar, xavfsizlik xizmatlari (KPP), kuryerlik xizmatlari va boshqalarga.

Yuz qalqonlarini ishlab chiqarish uchun mahalliy xom ashyolarning mavjud komponentlari - shaffof PVX plastmassa, polipropilen lenta va furnituradan foydalaniladi. Bugungi kunda ularni ishlab chiqarish quvvati 2000 donadan oshadi. Bundan tashqari, mutaxassislar mahsulot ishlab chiqarish hajmini kuniga 10 ming donagacha oshirish choralarini koʻrmoqdalar, shuningdek, mahsulotlarni MDH mamlakatlariga eksport qilish uchun sotish bozorlarini oʻrganmoqdalar.

© AO "Uzavtoprom"Kak uzbekskiy avtoprom vыrulivayet iz epidemii koronavirusa
Oʻzbek avtosanoati epidemiya sharoitida qanday yoʻl tutmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Kak uzbekskiy avtoprom vыrulivayet iz epidemii koronavirusa

Avvalroq "Uz Dong Yang Ko" korhonasida tibbiy niqoblar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgandi. Hammasi boʻlib, ishlab chiqarish boshlanganidan 10 aprelgacha 1162000 dona tibbiy niqoblar ishlab chiqarildi, shundan 250 mingtasi eksport qilindi.

Bundan tashqari, "Oʻzavtosanoat" tarkibiga kiruvchi "O’zAuto Austem" kompaniyasi tomonidan qoʻl antiseptiklari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. U kuniga 1000 litr hajmda ishlab chiqariladi. Buning yordamida korxonada yangi ish oʻrinlari tashkil etish imkoniyati yaratildi. Mahsulot 100%ga oziq-ovqat ingrediyentlaridan iborat (etil spirti va ozuqaviy ranglar).

© AO "Uzavtosanoat"Kompaniyey "O’zAuto Austem", takje vxodyaщey v strukturu "Uzavtosanoat", nalajeno proizvodstvo antiseptika dlya ruk.
Oʻzbek avtosanoati epidemiya sharoitida qanday yoʻl tutmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Kompaniyey "O’zAuto Austem", takje vxodyaщey v strukturu "Uzavtosanoat", nalajeno proizvodstvo antiseptika dlya ruk.

Antiseptik mahsulotlar bilan sanoatning barcha korxonalarini taʼminlash bugungi kunda kompaniyaning ustuvor yoʻnalishidir. Bugungi kunda u "Oʻzavtosanoat" AJning barcha korxonalariga yetkazib berilmoqda. Shu bilan birga, ushbu mahsulotni mamlakatdagi ichki bozorlarda sotish yoʻlga qoʻyilmoqda. Bundan tashqari, antiseptik vositani eksport qilish boʻyicha loyihalar ishlab chiqilmoqda, xususan, Qozogʻiston va Qirgʻiziston ulgurji savdo korxonalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

© AO "Uzavtoprom"Produkt sostoit iz 100% piщevыx ingrediyentov (etilovыy spirt i piщevыe krasiteli).
Oʻzbek avtosanoati epidemiya sharoitida qanday yoʻl tutmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Produkt sostoit iz 100% piщevыx ingrediyentov (etilovыy spirt i piщevыe krasiteli).

"Dunyodagi ogʻir vaziyatga qaramay, kompaniya ushbu sohani rivojlantirishni davom ettirmoqda. Ogʻir, kimyoviy va boshqa qator sohalarni qamrab olgan avtomobilsozlik sanoatining multiplikativ xususiyatini hisobga olgan holda, 200 mingga yaqin odam ish bilan taʼminlanadi va barqaror ish haqqi bilan taʼminlanmay qolmaydi deb ishonch bilan aytishimiz mumkin. Bundan tashqari, joriy yil oxiriga qadar yana 2500 ish oʻrni yaratish rejalashtirilmoqda. Oldinda hammamizni epidemiyaga qarshi kurashish qiyin davri kutmoqda, ammo biz aminmiz - oʻzbek avtomobilsozlik sanoati, rivojlanishda davom etadi,"- deya hulosa qiladi "Oʻzavtosanoat" AJ matbuot-xizmati rahbari Zumrad Shojalilova.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala