O‘zbekistondagi OTMlarda bitiruv imtihonlari onlayn o‘tkaziladi

© pixabayMujchina sidit u kompyutera
Mujchina sidit u kompyutera - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorijiy davlatlar tajribasi va bugungi vaziyatdan kelib chiqib, oliy o‘quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini onlayn shaklda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

“Endi joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash vazifasi turibdi. Xorijiy davlatlar tajribasi va bugungi vaziyatdan kelib chiqib, oliy o‘quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini onlayn shaklda o‘tkazish rejalashtirilmoqda”, - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yig‘ilishda mazkur jarayonlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ta’lim muassasalariga hujjatlar qabulini takomillashtirib, masofadan, onlayn shaklda, internet orqali hujjat topshirish imkoniyatini yaratish zarurligi ta’kidlandi. Bu boradagi yangi tartib va afzalliklar haqida aholi batafsil xabardor qilinadi.

Ma’lumki, 2020-yildan kirish imtihonlari jami 5 ta – uchta majburiy va ikkita mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkazilishi belgilangan edi. Lekin karantin sharoiti yoshlarning imtihonga to‘la tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini ham chekladi. Qolgan qisqa vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida, joriy yilda imtihonlarni soddaroq shaklda o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0