Mirziyoyev Sirdaryoda yig‘ilish o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodnenie
Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodnenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda favqulodda hodisa va uning oqibatlari atroflicha tahlil qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilangan.

TOShKENT, 2-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zi bo‘lib turgan hudud - Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot-xizmati.

Situatsiya v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshel proriv dambi na Sardobskom vodoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston
Suv ostida qolgan hududlar - Sardoba to‘g‘oni yorilgan joydan olingan kadrlar

Yig‘ilishda favqulodda hodisa va uning oqibatlari atroflicha tahlil qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilangan.

"Tadbirda Sardoba suv ombori to‘g‘onining kutilmaganda ochilishi va uning oqibatlari atroflicha tahlil qilindi, tegishli xulosalar chiqarildi", - deyiladi xabarda.

Aholi salomatligini saqlash, talafot ko‘rganlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy obyektlar va qishloq xo‘jaligi maydonlarini tezroq tiklash bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha erta tongda, Sardoba suv omboridagi to‘g‘ondan suv siza boshlagani, aholining bir qismi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan evakuatsiya qilingani haqida xabarlar tarqaldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodnenie - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev to‘g‘onda olib borilayotgan tiklash ishlarini shaxsan kuzatmoqda

So‘ngra Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgani ma’lum bo‘ldi.

Suv omboridagi avariyadan so‘ng voqea joyiga zudlik bilan prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov etib borgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Davlat rahbari 1-may kuni Oqoltin tumanida aholi bilan bo‘lgan muloqotda "sharoit yaxshilanmagunicha, rahbarlarning birortasi, men bosh, hech qayerga ketmaydi", deb aytgan.

Ta’kidlashlaricha, avariyaga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan.

Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat yuzasidan FVVda koll-sentr faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Qo‘ng‘iroqlar 1205 va 1250 qisqa telefon raqamlari orqali qabul qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0