Toshkent viloyatida ko‘chada bir paket marixuana ko‘tarib yurgan shaxs qo‘lga olindi

© StringerRabota sotrudnikov militsii Uzbekistana
Rabota sotrudnikov militsii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erkak giyohvandlik moddasini polietilen paket ichiga solib, ko‘chada olib ketayotganida Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.

TOShKENT, 2-may - Sputnik. Toshkent viloyatida ko‘cha bo‘ylab bir paket giyohvandlik moddasini olib yurgan shaxs ushlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Izyatie marixuani - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda 21 kilo marixuana sotgan "bog‘bon" qo‘lga olindi

Hodisa joriy yil aprel oyida yuz bergan. 52 yoshli Z.A. tumandagi ko‘chalardan birida piyoda ketib borayotgan vaqtida shubha ostiga olingan va Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.

Xolislar ishtirokida erkak qo‘lida bo‘lgan polietilen paket ichi ko‘zdan kechirilganda, unda xo‘l holdagi "marixuana" giyohvandlik vositasi aniqlangan.

Giyohvand modda og‘irligi vazni 1055,94 gramm bo‘lgan.

Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston JKning 276-moddasi 2-qismi "a" bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, Z.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Yangiliklar lentasi
0