Siyosat

YEOII COVID-19 oldini olishning umumiy rejasini tayyorladi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishFlagi YEAES
Flagi YEAES - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Loyiha YEOIIga aʼzo davlatlar aholisining sanitar-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatli organlar rahbarlari kengashi doirasida tayyorlangan.

TOSHKENT, 4 may - Sputnik. YEOII davlatlari COVID-19 va boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishining oldini olish boʻyicha kompleks reja loyihasini tayyorladilar, deb xabar berdi Rospotrebnadzor.

Flagi stran-uchastnits YEAES - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
YEOII pandemiya sharoitida urushlar va sanktsiyalarni toʻxtatishga chaqirdi

Taʼkidlanishicha, ushbu loyiha tashabbuskori Rospotrebnadzor boʻlgan. Loyiha YEOIIga aʼzo davlatlar aholisining sanitar-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatli organlar rahbarlari kengashi doirasida tayyorlangan.

“Hujjat YEOII hududida laboratoriya tadqiqotlarining yagona uslubiy yondashuvlarini ishlab chiqish, yuqumli kasalliklarning tezkor monitoringi umumiy tizimini yaratish, xodimlarni tayyorlash, mintaqalardagi eng dolzarb yuqumli kasalliklar uchun vaktsinalar va tashxis tizimlarni ishlab chiqish boʻyicha davlatlararo mashqlar va tadqiqotlarni qabul qilishni nazarda tutadi. Hujjat Yevrosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yigʻilishida qabul qilinishi kutilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha, Kompleks reja tadbirlarini amalga oshirish YEOII  mamlakatlarida COVID-19 boʻyicha epidemiologik vaziyatni normallashtirish imkonini beradi, shuningdek, yuqumli tahdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish sohasida davlatlar salohiyatini kuchaytiradi.

Yangiliklar lentasi
0