Maduro Tramp shaxsiy qo‘riqchisining ikki xodimi hibsga olinganini ma’lum qildi

© REUTERS / Miraflores PalacePrezident Venesueli Nikolas Maduro
Prezident Venesueli Nikolas Maduro  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Venesuela prezidentining so‘zlariga ko‘ra, hozirda hibsga olinganlarning barchasi, shu jumladan AQShning ikki fuqarosi mamlakat shimolidagi La-Guayradagi harbiy-dengiz bazasiga joylashtirilgan.

TOShKENT, 5-may - Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro qurolli dengiz hujumida hibsga olinganlar orasida ikki nafar AQSh fuqarolari borligini xabar qildi. U ularni AQSh prezidentining shaxsiy qo‘riqchi xodimlari deb atagan

“Hisbga olinganlardan biri birinchi ko‘rsatmalarida bosqinchilar guruhida AQShning ikki fuqarosi, AQSh prezidenti Donald Trampning shaxsiy xavfsizlik xizmati xodimi borligini ma’lum qildi”, - dedi Maduro o‘zining Twitter sahifasi orqali efirga uzatilgan chiqishida.

Stolknoveniya na granitse Venesueli i Kolumbii - sotni postradavshix - Sputnik O‘zbekiston
Venesuela va Kolumbiya chegarasida kuchli to‘qnashuvlar: yuzlab kishi jarohatlandi

Ushbu bayonotdan keyin mahbuslarni tashuvchi mashinadan namoyish etilgan videoda qo‘lga olinganlardan biri amerikaliklar unga “Trampning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilariga ishlashini ma’lum qilganini” aytadi.

Maduroning so‘zlariga ko‘ra, hozirda hibsga olinganlarning barchasi, shu jumladan AQShning ikki fuqarosi mamlakat shimolidagi La-Guayradagi harbiy-dengiz bazasiga joylashtirilgan. O‘sha yerdan dengizdan bostirib kirishga urinish amalga oshirilgan edi.

Ushlanganlarning hujjatlari va fotosuratlari, radioaloqa uskunalari, tungi ko‘rish moslamalari, qurol va kamuflyaj televidenie orqali namoyish etildi.

Maduro, shuningdek, yaqinda sodir bo‘lgan hujum va AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Venesueladagi AQSh elchixonasini qayta tiklash haqidagi so‘zlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

“Bir necha kun oldin Mayk Pompeo <...> bayonot berib, shunday dedi: “Men AQShning Karakasdagi elchixonasini ochishga tayyorgarlikni tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdim va yaqin orada biz u yerda bo‘lamiz ham”. <...> U bu gapni aytganda, men nima nima haqida gap ketayotganini tushunganman, u bu hujumga umid qilgan va bu hujum bilan u inqilobimizni, bizning konstitutsiyaviy tuzumimizni va meni yo‘q qilishiga ishongan. <...> Ammo bizni Xudo himoya qiladi", - dedi Maduro.

Bostirib kirishga urinish

Yakshanba kuni Venesuela ichki ishlar vaziri Nestor Reverol Kolumbiya jangarilarining mamlakat shimolidagi La-Guayra shtatiga dengiz hujumining oldi olinganini aytdi. Maduroning ta’kidlashicha, bu bosqinning maqsadi uni yo‘q qilish bo‘lgan. Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, jangarilar mamlakatga tezurar kemalarda bostirib kirishga uringan. Milliy konstitutsiyaviy assambleya raisi Diosdado Kabelo sakkiz hujumchi o‘ldirilganini va ikkitasi hibsga olinganini aytdi. Uning qayd etishicha, hibsga olinganlardan biri AQShning Giyohvand moddalariga qarshi kurash boshqarmasi agenti. Keyinchalik yana sakkiz nafar hibsga olinganlar haqida ma’lum bo‘ldi.

Vstrecha X. Guaido s jitelyami Karakasa - Sputnik O‘zbekiston
Venesuelada Guaido ustidan sud boshlandi

AQSh Davlat departamentida RIA Novostiga Venesuela rasmiylarining bayonotlari dezinformatsiya ekanligini aytishdi. Kolumbiya tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, dengiz hujumiga aloqadorlik haqidagi ayblovlarni rad etdi. AQShning Giyohvand moddalariga qarshi kurash boshqarmasi (DEA) ushbu voqealarda hech qanday ishtirok etmagani haqida bayonot berdi va ularning xodimi hibsga olinganligi haqidagi bayonotlarni rad etdi.

AQSh 2019-yil yanvar oyidan beri Maduroni mamlakat prezidenti sifatida tan olmayapti va o‘zini noqonuniy davlat rahbari deb e’lon qilgan Venesuela muxolifati rahbari Xuan Guaidoni vaqtincha davlat rahbari deb hisoblaydi. Mart oyi oxirida AQSh Adliya vazirligi Maduroni va mamlakat rahbariyatining yana 15 a’zosini giyohvand moddalar savdosida va pul yuvishda ishtirok etganlikda aybladi. 1-aprel kuni AQSh harbiy kuchlari, shuningdek, Sohil qo‘riqlash hizmati va AQShning Giyohvand moddalariga qarshi kurash boshqarmasi Karib dengizida giyohvandlikka qarshi keng ko‘lamli operatsiyani boshladilar, Vashingtonda uning maqsadlaridan biri “Maduro rejimi” tomonidan giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash deb nomlangan.

Yangiliklar lentasi
0