Iqtisod

Ekspert Markaziy Osiyo iqtisodiyoti tiklanishi nimadan boshlanishini aytdi

Dotsent kafedrы v RANXiGS Kira Sazonova
Dotsent kafedrы v RANXiGS Kira Sazonova - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
RF prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining dotsenti Kira Sazonova Markaziy Osiyoda pandemiyadan soʻng iqtisodiyotning qaysi tarmoqlari tiklana boshlashi haqida fikrlarini bildirdi.

“Metall prokat, metall ishlab chiqarish va eritish, avtomobil va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bilan bogʻliq sohalar faol ravishda tiklanadi va unga bogʻliq boʻlgan logistika yana rivojlashni boshlaydi”, - deb taʼkidladi ekspert.

Shuningdek, uning fikriga koʻra, agrar soha ham rivojlanadi.

"Pandemiya tufayli mamlakatlar foyda oʻsishining maʼlum foizini yoʻqotishlari aniq, ammo keyinchalik, ushbu sektorda, menimcha, kompensatsion effekt boʻladi, bu 2020 yil kuzida oʻzini namoyon qiladi", - dedi Sazonova.

Bundan tashqari, uning fikricha, IT-texnologiyalarga katta eʼtibor beriladi, masofadan turib ishlash va malaka oshirish uchun yangi dasturlar paydo boʻladi.

"Bunday pandemiya, murakkab epidemiologik vaziyatda hamma masofadan turib ishlash formatiga oʻtkazishdan boshqa chora yoʻqligini tushundi", - deb qoʻshimcha mutaxassis.

Ekspert ob ekonomike posle pandemii: v agrarnom sektore budet kompensatsionnыy effekt
Yangiliklar lentasi
0