Moskva koronavirus holati bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishVid na zdaniya moskovskogo mejdunarodnogo delovogo sentra "Moskva-Siti" so smotrovoy ploshadki na Vorobyevix gorax v Moskve
Vid na zdaniya moskovskogo mejdunarodnogo delovogo sentra Moskva-Siti so smotrovoy ploshadki na Vorobyevix gorax v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada tasdiqlangan koronavirus holati 85 975 taga yetdi. Bu butun Xitoy bo‘ylab aniqlangan holatlarga qaraganda 2000 tadan ziyod.

TOShKENT, 6-may — Sputnik. So‘nggi sutka ichida Rossiya poytaxtida koronavirus bilan bog‘liq 5858 ta holat aniqlandi. Moskvada hozirga kelib jami 85 973 ta holat qayd etilgan, deya xabar qilmoqda shahar tezkor shtabi.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp tez orada koronavirus kelib chiqishini oshkor qilishga va’da berdi

Ta’kidlanishicha, Moskvada 8458 kishi koronavirusdan to‘liq tuzalgan. 866 ta o‘lim holati kuzatilgan.

Qayd etish joizki, Moskvada aniqlangan holatlar Xitoydagi qaraganda 2000 tadan ziyod.

Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan bog‘liq jami 83 968 ta holat aniqlangan. Kasallangan 78 870 nafar bemor tuzalib ketgan. O‘lganlar 4637 kishini tashkil etmoqda.

Rossiyada jami 165 929 ta koronavirus holati aniqlangan. Shulardan 21 327 nafari tuzalib ketgan. 1537 kishi esa vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0