TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Habib Nurmagomedovning otasi, Rossiyada xizmat koʻrsatgan trener Abdulmanap Nurmagomedov Maxachkaladan Moskva kasalxonasiga yotqizish uchun maxsus bortda olib kelindi, deb xabar qildi mahalliy OAV.
Unda pnevmoniya tashxisi qoʻyilgandi. Taxminlarga koʻra, u togʻda kasal boʻlib qolgan.
Ikki kun davomida u kasalxonaga yotishni xohlamadi, ammo ahvoli yomonlashgandan soʻng, u koronavirusga shubha bilan Maxachkala tibbiy markaziga yotqizildi.
Nurmagomedovlar oilasining yaqin doʻstlaridan birining soʻzlariga koʻra, Abdulmanap sogʻligʻi yaxshilana boshlangan, ammo 3 may kuni uning ahvoli yomonlashdi va maxsus bort bilan Moskvaga olib kelindi.
Habibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov koronavirus testidan oʻtgan, ammo tahlil natijalari ommaga eʼlon qilinmadi.