Senatning navbatdagi yalpi majlisida YeOII bilan hamkorlik masalasi ko‘rib chiqiladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZasedanie senata Oliy Majlisa
Zasedanie senata Oliy Majlisa  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
11 may kuni chaqiriladigan Senatning yalpi majlisida 20 ta masala, shu jumladan, 10 ta qonun ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi 11-may kuni chaqiriladi. Unda senatorlar O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqadi.

Senat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan yalpi majlisda 20 ta masala, shu jumladan, 10 ta qonun ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.  

Flagi stran uchastnis YeAES, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Deputatlar O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi davlat maqomida kirishini ma’qulladi

“Sog‘lom turmush” medali, “Salomatlik” va “Faxriy murabbiy” ordenlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi yangi qonunlar shular jumlasidan.

Shu bilan birga, “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi”gi, “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar muhokama qilinadi.  

Yalpi majlisda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining 2020-yil birinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar mahkamasining, Ombudsman, Hisob palatasi, bosh prokuror va Markaziy bank boshqaruvi raisining 2019-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari eshitilishi ham nazarda tutilmoqda.

Oformlenie vremennoy propiski - Sputnik O‘zbekiston
Deputatlar bir necha yillik og‘riqli masalaga nuqta qo‘ydi

Yalpi majlis kun tartibiga hokimlar tomonidan qarorlar qabul qilinishida qonun hujjatlariga rioya etilishi holati yuzasidan Hukumatga parlament so‘rovi yuborish masalasi kiritilgan.

Prezidentning “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash masalasi navbatdagi majlis kun tartibidan o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0